Qashqadaryoda erkak xotinini bo’g’ib o’ldirib, so’ng o’zini osdi

Spread the love

26 fevral kuni Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tumanidagi «Qumdaryo» mahallasida yashagan, «Suvliq» fermer xo’jaligi ishchisi, 1982 yilda tug’ilgan S. Qilichevning uyida oilaviy janjal yuz berdi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi ma’lum qildi. 

S. Qilichev mojaro asnosida mast holda turmush o’rtog’i, 1986 yilda tug’ilgan G.Narzullayevani urib, jarohat yetkazadi, keyin bo’g’ib o’ldiradi.

Erkak bu qilmishidan so’ng uyining hojatxonasida o’zini osib o’ldirgan.

manbaa: sof.uz

Вам может понравиться

Добавить комментарий