Jizzax avtomobil zavodi shu yil qurib bitkaziladi

Spread the love

Prezidentimizning 2017 yil 13 iyundagi “Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi “Uzbekistan Peugeot Citroen Automotive” korxonasini tashkil etish to’g’risida”gi qaroriga muvofiq, «Jizzax» erkin iqtisodiy zonasida “O’zavtosanoat” aksiyadorlik jamiyati va Peugeot Citroen Automotive guruhi o’rtasidagi kelishuv asosida bunyod etilayotgan avtomobil zavodining qurilish-montaj ishlarini 2018 yil 1 mayga qadar yakunlash rejalashtirilmoqda. 2019 yildan esa bu yerda yangi rusumdagi zamonaviy mashinalar ishlab chiqarishga kirishiladi. Bu haqda O’zA xabar berdi. 

Xorijiy investorlar ishtirokida amalga oshirilayotgan ushbu yirik megaloyiha yiliga 16 ming zamonaviy yengil tijorat avtomobili ishlab chiqarish quvvatiga ega. Mahsulotning kamida 50 foizi eksportga yo’naltiriladi. Korxona ishga tushishi bilan 600 dan ziyod ish o’rni yaratiladi.

Korxonada dastlabki yiliyoq “O’zavtosanoat” aksiyadorlik jamiyati tizimidagi avtomobil ehtiyot qismlari yetkazib berishga ixtisoslashtirilgan 30 ga yaqin yirik va 160 dan ortiq o’rta hamda kichik korxonalarni jalb qilish evaziga 50 foiz mahalliy mahsulotlardan foydalanish ko’zda tutilmoqda.

manbaa: kun.uz

Вам может понравиться

Добавить комментарий