«Abbos-ko’cha» qo’lga olindi

Spread the love

Toshkent shahrida hyech qanday “ko’cha”, ya’ni shaharni qo’lga olgan zo’ravonlar yo’q. Bu haqda Toshkent shahar IIBB boshlig’i o’rinbosari Doniyor Toshxo’jayev bugungi brifingda ma’lum qildi.

Uning ma’lum qilishicha, yaqinda ko’chadagi laqabi “Abbos-ko’cha” bo’lgan Abbos Hojiyev qo’lga olingan bo’lib, unga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-moddasi bilan jinoyat ishi qo’zg’atilgan.

“Ishontirib aytishim mumkinki, Toshkentda hyech kimning qonundan ustun bo’lishiga yo’l qo’yilmaydi. Konstitusiya, Jinoyat-prosessual kodeks, normativ hujjatlar, hokimiyat, huquqni muhofaza qilish organlari bor. Bu yerda “ko’cha”ga o’rin yo’q. Har qanday urinish keskin bartaraf etiladi”, — deb ta’kidlagan Toshxo’jayev.

IIBB axborot xizmati 13 sentyabrda Abbosxon Xodjayevning qo’lga olinganini xabar qilgandi.

Eslatib o’tamiz, ilgariroq “Prestupnaya Rossiya” nashri 16 sentyabr kuni “Brend” tungi klubida bo’lib o’tgan jinoiy “avtoritet”lar yig’ilishida Toshkent bo’yicha “nazoratchi”ni tanlash masalasi ko’rib chiqilgan, deya xabar bergan edi.

“O’zbekiston poytaxtining kriminal dunyosida urush ochildi. Rossiyadagi “qonundagi o’g’rilar” Toshkentning avvalgi “nazoratchisi” — 33 yashar Abbos Xadjayevni chetlatishni istadilar. Avgust oyida unga shaharni topshirish taklif qilingan, ammo u rozi bo’lmagan. O’shanda 9 sentyabr kuni Sog’bon ko’chasidagi avtozapravkada banditlar Xadjayevning o’ng qo’li sifatida tanilgan “Maxa” laqabli 35 yashar Maxamadjon Qurbonovga hamla qilishgan.

“Maxa”ning yuziga pichoq tortilgan, bu esa o’g’rilar olamida avvalgi xo’jayinga “sen endi hyech kim emassan” deb aytilganlikdan darak beradi”, — deyilgan edi nashr xabarida.

Вам может понравиться

Добавить комментарий