12 yoshdan kichik qizlarning nomusiga tekkanlik uchun o’lim jazosi ma’qullandi

Spread the love

Hindiston hukumati 21 aprel kuni 12 yoshdan kichik qizlarni guruh bo’lib zo’rlash uchun o’lim jazosini joriy etish haqidagi qarorni imzoladi. Bu haqda «RIA Novosti» ma’lumotiga tayanib  Daryo xabar bermoqda.

Mazkur qaror bolalarni jinsiy zo’ravonlikdan himoya qilish haqidagi qonunga (POCSO) tuzatishdir. Endilikda 12 yoshgacha bo’lgan qizlarning nomusiga tekkanlik uchun 20 yillik qamoq jazosi yoki umrbod qamoq jazosi minimal jazo bo’ladi. 12 yoshdan kichik qizlarni guruh bo’lib zo’rlash uchun esa umrbod qamoq jazosi yoki o’lim jazosi joriy qilinmoqda.

Tuzatish, shuningdek, ayollar va o’smir qizlarning nomusiga tekkanlik uchun minimal muddatlarni oshirishni ko’zda tutadi. Ayol kishining nomusiga tekkanlik uchun endilikda minimal muddat yetti yil o’rniga o’n yil, 16 yoshdan 20 yoshgacha bo’lgan qizlarning nomusiga tekkanlik uchun esa o’n yil o’rniga umrbod qamoq jazosi tayinlanadi.

manbaa: 7kun.info

Вам может понравиться

Добавить комментарий