1 km balandlikdan sakrash chog‘ida parashyuti ochilmay qolgan rossiyalik tirik qoldi

Spread the love

Yakutiya (Rossiya)da “Avialesoxrana” korxonasi tomonidan o‘tkazilgan parashyutdan sakrash mashg‘ulotlari chog‘ida xodimlardan birining parashyuti ochilmay qoldi.

 Shunga qaramay, u mo‘jizaviy tarzda omon qoldi, deb yozadi “MK.ru”.

Hodisa 11-aprel kuni yuz bergan. “Avialesoxrana” xodimlari bir kilometr balandlikdan sakrashni mashq qilgan. Xodimlardan birining parashyuti zarur balandlikda ochilmay qolgan. Oxir-oqibat, yerga qo‘nishga bir necha metr qolganidagina parashyut ochilgan.


Xayriyat, parashyutchi qor uyumi ustiga qulagan. Uni umurtqa pog‘onasi va tos suyaklarining kompression sinishi tashxisi bilan kasalxonaga yotiqizishdi.

Manba: xabar.org

Вам может понравиться

Добавить комментарий