Kaliyga boy mahsulotlar insultning oldini oladi

Ovqatlar tarkibida kaliy moddasini ko’paytirish va tuz iste’mol qilishni kamaytirish qon bosimini tushiradi va insult xastaligi paydo bo’lishi xavfini susaytiradi. Bu haqda Londondagi Imperial kolleji va Uorik tibbiyot maktabi xodimlari ma’lum qildilar.

Olib borilgan tadqiqotlar natijasida olimlar kaliy moddasiga boy meva va sabzavotlarni har kuni iste’mol qilish qon bosimi ko’tarilishining oldini oladi va insult paydo bo’lishi xavfini 24 foizga qisqartiradi, degan xulosaga keldilar. Bu borada tuzga ma’lum cheklov qo’yish ham maqsadga muvofiq bo’ladi.

Shifokorlarning fikricha, kaliyning bir qator afzalliklariga qaramay, uni me’yordan ortiq iste’mol qilish buyrak faoliyatiga salbiy ta’sir etishi mumkin. Shu bois Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti kunlik iste’mol qilish me’yori 4 g kaliydan oshmasligini tavsiya qilmoqda.

Вам может понравиться

Добавить комментарий