Kaliforniyadagi YouTube shtab-kvartirasida otishma ro’y berdi

San-Bruno shahridagi (AQSh, Kaliforniya shtati) YouTube internet-servisi shtab-kvartirasida sodir bo’lgan otishmadan so’ng 3 kishi kasalxonaga yetkazildi.

Ular 32 va 27 yoshli ikki ayol hamda 36 yashar erkak ekanligi, erkakning holati og’irligi ma’lum qilindi.

Ofisda o’t ochgan ayol joniga qasd qilgani, hodisa terrorchilikka bog’liq emasligi va maishiy mojaro asosida ro’y berganligi bildirilmoqda. Guvohlar ayol shtab-kvartiraga yigiti bilan orani ochiq qilgani kelgani, 17 tagacha o’q uzganini ta’kidladi.

Hodisa joyida huquq-tartibot idoralari xodimlari ishlamoqda.

Ma’lumot uchun, San-Brunodagi YouTube shtab-kvartirasida 1,7 mingdan ortiq odam ishlaydi.

Вам может понравиться

Добавить комментарий