Tomdan oqqan suv, Ollohning marhamati ramzi sifatida Ismoil va Hojarning qabriga yo‘naladi. Shuningdek, tarnov joylashgan joyda Muhammad payg‘ambar (s.a.v.) duo o‘qigani ma’lum.
Tarnovni eslatuvchi bunday konstruksiya Ka’bada birinchi bo‘lib kurayshiylar davrida paydo bo‘lgan, ular tomni barpo qilgan. Bungacha Ka’ba faqat to‘rt devordan iborat bo‘lgan.Tarnovning o‘zida “Marhamatli va shafqatli Ollohning nomi bilan” va “Yo Olloh” degan yozuvlar bor.Tarnovning chetlariga qushlar qo‘nmasligi uchun u o‘tkir uchli tikanlar bilan qoplangan.Bungacha tarnov yog‘ochdan, kumushdan va po‘latdan yasalgan. 1573-yilda esa birinchi marta oltindan qilingan.Uning uzunligi 2,53 metrni, kengligi 26 santimetrni tashkil etadi.