Jekki Chan haqida 15 ta fakt

  1. 1954 yilning 7 aprelida Gonkong shahrida kambag’al oila tug’ilgan.

    2. Kinodagi faoliyatini kaskadyor sifatida kichik rollardan boshlaydi.

    3. 1994 yilda MTV telekanali Channi “Kinematografiyada erishgan umumiy yutuqlari uchun” mukofoti bilan taqdirlaydi.

    4. Unga omad olib kelgan kartina bu “Boksdagi janjal”dir. Film 1995 yilda suratga olingan.

    5. Uni qo’shiqchi sifatida ham yaxshi tanishadi. 1984 yildan buyon 100 ta qo’shig’i jamlangan 20 ta albomi sotuvga chiqarildi.

    6. U xitoy, yapon, koreys va ingliz tillarida ham bemalol kuylay oladi.

    7. Jeki o’zi ishtirokidagi barcha filmlarda qo’shiqlarni o’zi ijro etgan.

    8. Chan xayriya faoliyati bilan ham mashhur. U 2006 yilning iyulida davlatining yarmini xayriya maqsadlariga sarflashini e’lon qildi.

    9. Rus yozuvchisi Vasiliy Moskalenko “Jeki Chan haqidagi voqyealar” nomli fantastik asar yozgan. U asarni yozish uchun shaxsan aktyorning roziligini olgan.

    10. Jeki Chan nomi bilan tanilishidan oldin u bir necha taxalluslarda ijod qilgan. Tug’ilganda unga onasi Pao-Pao, ya’ni “Zambarak o’qi” deb nom qo’ygan. Keyinchalik opera teatrida uni o’qituvchisining sha’niga Yuyen Lo deb chaqira boshlashdi.

    11. Chan filmlarda Yuan Lung, Lung Chen, Long Cheg, Velson Chin, Basebbal Bat taxalluslari bilan ham suratga tushgan.

    12. Unga Jeki deb avstraliyalik do’stlari nom berishgan edi.

    13. 1983 yilda tayvanlik aktrisa Lin Feyszyaoga uylangan.

    14. 2003 yilda “Butun dunyoda tinchlik kuni” ko’rgazmasini Gonkongda o’tkazish tashabbusi bilan chiqdi va YuNISEF hamda ikki boshqa bolalar tashkilotlariga 4,14 mln gonkong dollari miqdorida mablag’ o’tkazdi.

    15. Channing Gonkongdagi Yulduzlar bog’i, Golivuddagi Yulduzlar hiyoboni va Moskvadagi Eski Arbat ko’chasida yulduz shaklidagi yodgorliklari bor.

Вам может понравиться

Добавить комментарий