Jaz — professional musiqa

Jaz (inglizcha. jazz) — professional musiqa turi, zamonaviy ommabop, xususan estrada musiqasining asosiy uslubiy manbalaridan biri. 19-asr oxiri— 20-asr boshlarida Afrika va Yevropa musiqa madaniyatining  elementlari  bir-biriga  qo’shilishi  natijasida  Nyu-Orlean afroamerikaliklari ijodida yuzaga kelgan. Afrika xalklari folklorining belgilari— bir yo’la turli usullarning yangrashi, deyarli har gal o’zgarib turuvchi asosiy kuyning ko’p takrorlanishi, o’ziga xos nolalarga boyligi, hayajonli kuylash uslubi, muayyan yo’nalishdagi ijroviy badihago’ylik— Jazning tub xususiyatlariga aylangan.

Dastlab 7—8 sozandadan  iborat  ansambl  qatnashchilari  yaratgan  va  o’zlari  ijro  etgan asarlar Jaz yoki«jazband» deb atalgan. Jaz asoschilari L.S. Armstrong, Jaz K. Oliver, Jaz Dode, E. K. Ori, Jaz R.Morton va boshqalar ana shunday ansambllarning rahbari bo’lgan. Keyinchalik ularga taklidan diksilend guruhlari paydo bo’lib, Jaz san’atini Amerika va Yevropa mamlakatlarida targ’ib etgan. 1930-yil.largi«sving» (D. Ellington, U. K. Beysi), 40-yil.lari«bibop» (Ch. Parker, D.  D.  Gillespi), keyinchalik«kul» (M.  Deyvis) va  b.  uslublar  yuzaga  kelgan,  yirik  Jaz orkestrlar tashkil topgan. B. Gudmen (1962 yil. Toshkentda o’z orkestri bilan gastrolda bo’lgan), G. Miller va Jaz Koltreyn(AQSh), Jaz Dankvort(Angliya), M. Legran(Fransiya), K. Vlax va G. Brom (Chexoslovakiya), K. Edelxagen(Germaniya), K. Komeda(Polsha), A. Sfasman, L. Utyosov, O. Lundstrem(Rossiya) mashhur Jaz orkestrlarining asoschilaridir. O’zbekistonda Jaz musiqasi 1940-yillarning 2-yarmida  yuzaga  kela  boshlagan.  Toshkent,  Samarqand,  Farg’ona, Andijon kabi shaharlarning kinoteatr, madaniyat saroyi, shahar bog’larida D. Sokolov, A. Pozdnyakov, M. Azatyan va boshqalar rahbarligida tashkil topgan musika ansambllari Jaz va estrada musiqasi  namunalarini  ijro  etgan. 1958  yilda  O’zbekiston  estrada  orkestri, 1963  yilda O’zteleradio qoshida Estradasimfonik orkestrlarning tarkib topishi Jaz rivoji uchun turtki bo’lgan. Bunda ayniqsa A. Kroll, A. Malaxov, Ye. Jivayev kabi dirijyorlarning qo’shgan hissasi salmokli  bo’lgan. «Namanganning  olmasi» (Sh.  Ramazonov), «Qiz  bola» (E.  Solihov) qo’shiqlarining Jaz uslubida qayta ishlangan variantlari, A. Malaxovning o’zbek ohang va usullaridan foydalnib yozilgan «Yulduz doirasi», «Qora ko’zlar» orkestr asarlari milliy Jaz musikasining ilk namunalaridandir. Jaz musikasi keyingi davrda ham taraqqiy etdi. 1968  yil.da Toshkentda 1-Jaz musiqasi festivali bo’lib o’tdi; 1977, 1978, 1984 yillari Farg’onada Jaz musiqasi xalqaro festivallari o’tazilgan; mazkur shaharlarda Jaz klublari, Buxoro, Navoiy va b. shaharlarda Jaz guruxlari tashkil topgan. Bulardan E. Qalandarov, S. Gilyov («Inter»), L. Otabekov(«Sato»), B. Smetanov(«Raduga»), G. Kapriyelov(«Osiyo») rahbarligidagi guruxlar xalqaro Jaz festivali va estrada tanlovlarida sovrinli urinlarga ega bo’ldilar. Hozirda Jaz musiqasi ijrochilaridan «O’zbeknavo» qoshidagi B. Zokirov nomidagi estrada orkestri (Ye. Jivayev), Toshkent davlat konservatoriyasining big bendi (jaz orkestri) (B. Murtazayev), G. Bugdanov,  A.  Xabirxanov  rahbarligidagi  guruxlar  faoliyat  kursatmokda.  O’zbekiston  Jaz musikasi  namunalari «Melodiya» firmasi  tomonidan  gramplastinkaga  yozilgan: «Sharq syuitasi» (Toshkent Jaz klubi guruhi), «Efsane» («Sato» guruhi) va boshqalar.

 Jaz orkestri, big- bend (ingliz. big band — katta orkestr) — jaz va estrada musiqasi an’analaridagi orkestr. 1930-yillari Amerika va Yevropada tashkil topgan. To’liq tarkibi 3—4 saksofon, 3 truba, 3 trombon hamda ritmguruhi (urma sozlar, fortepiano, gitaralar, tuba va boshqalar)dan  iborat.  Big-bendga  torli  sozlar  guruhi (skripka,  alt,  violonchellar) qo’shilishi natijasida  katta  Jaz orkestri (simfojaz)  karor  topadi.  Asarlarining  kompozitor  yoki aranjirovkami tomonidan oldindan tayyorlanganligi, yakka sozlarning navbatma-navbat ijro etayotgan  badiha (improvizasiya)  epizodlari  bilan jamoaviy  badihago’ylikka  asoslangan diksilend hamda ilk jaz ansambllarining ijodidan farq qiladi.

Вам может понравиться

Добавить комментарий