Sen tez-tez insonlardan xafa bo’lasanmi?!

Spread the love

Dunyoda xafa qilinmagan inson yo’q bo’lsa kerak. Bizning oramizda ikki toifali insonlar bor:

birinchisi, kim xafagarchilikni tez unutishi mumkin; ikkinchisi esa, yillab bu xafagarchilikni o’zida saqlashadi va doim uni eslashadi. Yetuk bo’lish, demak o’z his-tuyg’ularimizga biz o’zimiz javobgarlikni olamiz.

Har birimizda tanlov bor.

Agarda siz sizni xafa qilgan insonni kechirolmasangiz albatta bu hikoyani o’qing.

– Nega sen jahl qilib xafa bo’lasan? O’zingni qo’lga olib va kechirish yaxshi emasmi? – deb so’radi Ustoz.

 – Nima uchun men uni kechirishim kerak, axir u… – dedi o’zini oqlamoqchi bo’lgan shogirt.

– Uzr gapingni bo’ldim. Ruxsat bersang senga ikkita savol beraman, ana shunda men sening “qanday qilib” va “nima uchun” degan savollaringa javob beraman. – dedi ustoz.

Shogirt rozi bo’ldi.

– G’azabda yoki xafa bo’lganingda sen o’zingni yaxshi his qilasanmi? – deb so’radi Ustoz.

 – Albatt yo’q – deb javob berdi shogirt.

 – Shunday ekan sen kimga muruvvat ko’rsatyapsan, axir sen o’z g’azab va xafagarchiliging bilan o’zinga yaxshilik olib kelmasang?

Shogirt bir nima demoqchi edi, ammo hyech nima deyolmadi.

 – Esta tut, sen nimani tanlashing, xafagarchilikni yoki kechirimni, qiyinchilikni yoki xursandchilikni, bu senga bog’liq.

 Tanlov senda! – dedi Ustoz.

– Axir menga qanday xafa bo’lmaslik mumkinligini ayting? Bu juda qiyin-ku!

 – Sen qachonki kimnidir ayblov yoki xafagarchilik bilan urmoqchi bo’lsang, birinchi bo’lib bu narsa o’zinga tegadi.

Shunday ekan, g’azablangan vaqtda bosiq bo’lishga harakat qil, gapirishda vazminlikni ushla va kechirim berishni o’rgan!

Har bir odam eshitishda chaqqon, gapirishda vazmin, g’azab kelganda bosiq bo’lsin. Chunki insoniy g’azabingiz Xudoga manzur bo’lgan solih hayot kechirishingizga yo’l qo’ymaydi.

manba: malika.lark.ru

Вам может понравиться

Добавить комментарий