Lacoste ixtirosi

Spread the love

Taniqli brend Lacoste rangini o’zgartira oladigan kiyimni yaratish ustida ish olib bormoqda.Polo ko’ylaklarining 80 yilligi yubileyi munosabati bilan kompaniya Mnstr reklama agentligi bilan hamkorlikda kelajak modasi haqida videorolik tayyorladi. Qisqa klipda Fransiya brendi zamonaviy texnoligiyaning imkoniyatlarini namoyish etilgan. Yosh modelyerlar ushbu videoda barmoqlari bilan teginib, ko’ylakning o’lchami, qoplamasi va rangini o’zgartirishmoqda. Shuningdek unda bir guruh velosipedchilar egnida neonli formalarni ko’rish mumkin. Bu esa haydovchilarga ularni oson payqab olish uchun yordam beradi. Lacoste “timsoh”ning barcha mijozlariga zamonaviy ko’ylaklar yuzasidan yana qanday takliflari borligini yozib yuborishni so’ragan.

Вам может понравиться

Добавить комментарий