“Fantastik to’rtlik”dagi – Jessika Alba

Spread the love
  1. 1981 yilning 28 aprelida Koliforniya shtatida tavallud topgan.

    2. Otasi harbiy uchuvchi bo’lganligi bois, ular bir shahrdan ikkinchisiga ko’chib yurishga majbur bo’lishgan.

    3. Jessika bolaligida qayta-qayta kasal bo’lganligi uchun ko’p vaqti kasalxonada o’tgan. Shu sababli uning do’stlari kam bo’lgan.

    4. Uning roli 1994-yilda suratga olingan “Yo’qolgan lager” filmiga to’g’ri keladi. O’shanda Jessika kichik rolni ijro etgan.

    5. 1994-yilda “Nickelodeon” telekanalida namoyish etilgan “Aleks Makning sirli olami” serialidagi roli Albani barchaga mashhur qildi.

    6. Gollivuddagi ijodini 1999-yili “Qotil qo’l” komediyasida boshlagan.

    7. Jeyms Kemeronning “Qora farishta” filmida suratga tushishi uchun, 1200 nafar yosh aktrisalar orasidan saralab olingan va bu filmda rol ijro etish uchun bir necha kiloga ozgan.

    8. Mazkur kartinadagi roli uchun “Teen Choise Award ” mukofoti bilan taqdirlanadi.

    9. 2005 yili katta ekranlarga chiqqan “Fantastik to’rtlik” filmidagi ko’rinmas ayol roli uning eng mashhur obrazlaridan biridir.

    10. 2008 yili suratga olingan “Ko’z” filmidagi roli juda qiziqarli chiqqan bo’lsa ham, tanqidchilarda turlicha fikr qoldirgan.

    11. 2007 yilda Matkl Uyeterli bilan turmush quradi.

    12. Ikki nafar farzandi bor. 2008-yilda tug’ilgan Onor Mari va 2011-yilda tavallud topgan Xeven garner

    13. 2008 yilda Jessikaning qizi Onor Marining suratini bosib chiqarish uchun “OK” jurnali yarim million dollar to’lagan.

    14. U o’zining go’zallik sirlari, pazandalik maslahatlari va eng sara taomlar reseplari bilan bo’lishgan “The Honest Life ” nomli mualliflik kitobini chiqargan.

    15. Jessika onalar va bolalar uchun ekologik toza hamda xavfsiz bo’lgan mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi “The Honest Company ” firmasiga asos solgan.

Вам может понравиться

Добавить комментарий