Itsa qabilasining qudug’i

1988 yilda YUNESKOning «Butunjahon merosi» ro’yxatiga kiritilgan Chichen-Itsa shahri Markaziy Amerikaning Yukatan yarim-orolida yashagan qadimgi mayya xalqining siyosiy va madaniy markazi bo’lgan. Itsa xalqining muqaddas shahri hisoblangan Chichen-Isa Meksikaning Yukatan shtati poytaxti Merida shahridan sharqda, 75 mil uzoqlikda joylashgan. «Chichen-Itsa» mahalliy xalq tilida «Itsa qabilasining qudug’i», degan ma’noni bildiradi. Arxeologlarning fikricha, shahar mayyalarning madaniyati bilan bevosita bog’liq bo’lgan «qudratli va muqaddas» joylardan biri.

Ma’lumotlarga ko’ra, Chichen-Itsa VII asrda bunyod etilgan. Shahar qoldiqlarini ikki guruhga bo’lish mumkin: mayyalarning VI-VII asrlardagi madaniyatiga oid obidalar va X-XI asrlardagi tolteklar davriga mansub binolar. X asrda Chichen-Itsa tolteklar tomonidan zabt etilgan va XI asrning o’rtalariga kelib tolteklar davlatining poytaxtiga aylangan. Tolteklar Venera sayyorasiga sig’inishgan, Shu bois, qurbonliklar qilish uchun maxsus Venera paydonini yaratishgan.

1178 yilda shahar uch davlat – Mayyapana, Ushmalya va Ismalyaning birlashgan qo’shini tomonidan vayronaga aylantirilib, 1194 yilga kelib, butunlay bo’shab qolgan. Ammo aholining bu yerdan nima sababdan ketib qolgani haqida ma’lumotlar saqlanib qolmagan. XVI asrning o’rtalarida Markaziy Amerika ispanlar tomonidan egallangan vaqtda Chichen-Itsaning faqatgina vayronalari qolgan edi. Ispanlar shahar haqidagi ibodatxonalarda saqlangan barcha ma’lumotlarni yondirib yuborishgan. Shu tariqa mazkur sirli shaharning tarixi haqidagi mavjud yozuvlar saqlanib qolmagan.

Картинки по запросу chichen itza

Venera maydoni.

XIX asrning o’rtalarida mayyalar madaniyatining tadqiqotchisi amerikalik olim J. Stefens Chichen-Itsada bo’lib, shaharning boy arxeologik merosi haqida yozgan. Ammo Chichen-Itsaning tarixini aniqlash maqsadida shahar hududida asosiy arxeologik izlanishlar 1923 yildan boshlangan. Bu yerda bir necha bor arxeologik qazishlar olib borilib, natijada mayya va tolteklarning yirik me’moriy obidalari aniqlangan.

Chichen-Itsaning eng ko’zga ko’ringan obidasi – Kukulkan ibodatxonasi zinapoyasimon to’qqizta qavat va 24 metr balandlikka ega ehromdan iborat. Inshootning eng tepasidagi maydonchada ibodatxona joylashgan. Ehromning asosidagi to’rtburchakning har bir tomoni 55,5 metr uzunlikka ega. Inshootning to’rt tomonida har biri 91 ta zinalardan iborat zinapoyalar mavjud. Agar zinalar sonini (91 ta) zinapoyalar soniga (4 ta) ko’paytirib, ibodatxona joylashgan eng tepa qismni yana bitta zina, deb hisoblasak, 91×4+1=365 soni, ya’ni bir yildagi kunlar soniga teng qiymat hosil bo’ladi. Bu esa olimlarga ehrom yil taqvimi tamoyillari asosida qurilgan bo’lishi mumkin, degan xulosaga kelish imkonini berdi.

Картинки по запросу фото чичен-ица

Kukulkan ibodatxonasi.

Ehromning g’arbiy tomonidagi asosiy zinapoyasining pastki qismida toshdan yasalgan ikkita yirik ilon boshining haykallari mavjud bo’lib, ular Kukulkan ibodatxonasining ramzi hisoblanadi. Chunki «Kukulkan» so’zi mayyaliklar tilida «qanotli ilon» ma’nosini bildiradi. Buning sababi shuki, bahorgi va kuzgi tengkunlik davomida (21 mart va 22 sentyabr) taxminan kunduzi soat uchlar atrofida quyosh ehromdagi asosiy zinapoyaning g’arbiy tomonini shunday yoritadiki, nur va soya o’zaro birgalikda yettita teng tomon-li uchburchak shakliga ega bo’ladi. Bu uchburchaklarning shakli esa, o’z navbatida, o’ttiz yetti metrli ilon tanasining zinapoyaning pastki qismidagi toshdan yasalgan yirik boshi tomon asta-sekin sudralib borayotgan harakatini hosil qiladi. Quyoshning harakatini ko’z bilan ilg’ash qiyin, albatta. Ammo bu manzarani videotasvirga olib, so’ngra tomosha qilinsa, 37 metrli ulkan ilon go’yoki yuqoridan pastga sudralib tushayotgandek bo’ladi.

Kukulkan ibodatxonasidan shimol tomonda kengligi 10 metr va uzunligi 300 metr bo’lgan yo’l qurilgan. Bu yo’l turli qurbonliklar qilish uchun mo’ljallangan Muqaddas senotga («senot» ispanchada «quduq» ma’nosini bildiradi) olib boradi. Ushbu tabiiy «quduq»ning diametri 60 metr, chuqurligi esa 50 metrni tashkil etadi. Hozirgi vaqtda suv uning tepa qismidan 20 metr pastda joylashgan. Ma’budlar uchun qurbonliklar qilingani (quduqqa, asosan, yosh qizlar tashlangan) bois, mayyalar quduqni «o’lim qudug’i», deb atashgan. 1923 yildan boshlab amerikalik Edvard Tompson senoni tadqiq qilib, uning tubiga bir necha bor tushgan. Bu yerdan topilgan qadimgi mayyalarning turli taqinchoqlari va odam suyaklarining qoldiqlari quduqning nima uchun bunday nomlanganini tasdiqlagan. Kukulkan ibodatxonasining janubida yana bir quduq bo’lib, Muqaddas senotdan farqli ravishda, undan faqat ichimlik suvi olish maqsadida foydalanilgan.

Shuningdek, Chichen-Itsa hududida «Jangchilar ibodatxonasi» mavjud bo’lib, uning asosini 40 metrli kvadrat ustiga qurilgan to’rt qavatli ehrom tashkil etadi. Ibodatxona oldida balandligi 3 metrga yetadigan to’rt qatorli ustunlar tiklangan.

Картинки по запросу

Muqaddas senot.

«Jangchilar ibodatxonasi»ning ichida Chichen-Itsaning ramziga aylangan Chak-Mool, ya’ni oldingi qurilmaning qoldiqlari topilgan. Ibodatxonaning janubiy tomonida «ming ustunlar guruhi» joylash-gan bo’lib, u uch tomondan birmuncha yirik maydonni o’rab olgan ustunlar qatoridan iborat. To’rtinchi tomonda esa nima uchundir Merkado bozori, deb nomlangan bino joylashgan. G’arbiy ustunlar qatorining uzunligi – 125 metr, kengligi – 11 metr, janubga yo’nalgan ustunlar qatorining uzunligi – 125 metr, kengligi -20 metr bo’lib, 10 qatorda joylashgan 156 ta ustunni o’z ichiga oladi. Shunisi e’tiborliki, «ming ustunlar guruhi»da aylana ustunlar ko’pchilikni tashkil etadi.

Shuningdek, Chichen-Itsada mayyalarning «Yaguarlar ibodatxonasi», «Soqolli odam ibodatxonasi» (ichkari tomonidagi ko’rinishi soqolli odamga o’xshagani bois, shuyday nomlangan) va «Qizil uy» (old devoridagi qizil rangli devor tufayli) kabi qadimiy obidalari aniqlangan. Sakkizta turli o’yinlarga mo’ljallangan may-donlardan jangchilarni jismonan chiniqtirishda keng foydalanilgan.

Картинки по запросу

Jangchilar ibodatxonasi. 

«Qizil uy»ning janubi-sharqida Chichen-Isaning mashhur obi-dalaridan biri «El-Karakol» (ispanchada «shilliqqurt chig’anog’i» ma’nosini bildiradi) joylashgan. Bu ulkan inshoot ikki qismdan iborat asosga qurilgan minoradan iborat bo’lib, u astronomik kuzatishlarni amalga oshirishga mo’ljallangan observatoriya bo’lgad. «El-Karakol»ning yonida asosi 70×35 metr, balandligi 20 metrga teng ulkan bino joylashgan.

Yaqin vaqtgacha Chichen-Itsa shahri joylashgan yer xususiy mulk bo’lgan. Qadimiy shaharning tarixiy merosini asrab-avaylash maqsadida Meksikaning Yukatan shtati hukumati Chichen-Isa joylashgan 83 gektar maydonni sotib olish bo’yicha muzokaralar olib bordi. Natijada Chichen-Itsa shahri joylashgan yer 2010 yilning 30 martida tugagan muzokaralardan so’ng 220 million pesoga (17,8 mln. AQSh dollari) sotib olindi.

Tashrif buyurayotgan sayyohlarning umumiy soni bo’yicha Chichen-Itsa Meksikadagi taniqli arxeologik obidalar o’rtasida ikkinchi o’rinda turadi. Shu bois, mazkur shaharning 2007 yilda o’tkazilgan so’rov natijalariga ko’ra yangi dunyoning yetti mo’jizasidan biri, deb tan olingani bejiz emas.

Вам может понравиться

Добавить комментарий