Iste’mol sodasining 10 ta foydali xususiyati

Iste’mol sodasi har bir xonadonda bor. Ushbu ajoyib mahsulot salomatlik yoki uy-ro’zg’or ishlaridagi muammolarning arzon yechimi bo’lishi mumkin. Iste’mol sodasi ishlatilishidagi 10 ta sirni ochamiz.

Istemol sodasi — oq rangli mayda kristal kukun. Odatda qandolatchilikda ishlatiladi. Bundan tashqari u ajoyib tozalash vositasi hamdir. Faqat shular bilan uning foydali jihatlari tugab qolmaydi.

  1. Sutda eritilib, asal qo’shilgan 1 choy qoshiq soda — quruq yo’talni davolab, balg’am ajralib chiqishini yaxshilovchi shifobaxsh ichimlikdir. Yumshatish bilan birga soda antiseptik xususiyatga ham ega bo’lib, tomoq og’riganda sodali suvda chayilsa yaxshi natija beradi.
  1. Agar siz sutni xushlamasangiz 1 litr qaynoq suvda 1 osh qoshiq sodani eritib, damlamadan to’yib nafas oling. Aralashmaga qarag’ay, evkalipt yoki rozmarin efir moylaridan qo’shsangiz yana ham yaxshi samara beradi.
  1. Jig’ildon qaynashidan bir zumda xalos etuvchi ichimlikni tayyorlash uchun chorak qoshiq sodani yarim stakan suvda eritamiz. Soda oshqozondagi ortiqcha kislotani neytrallaydi. Bunday ichimlikni ichgach darrov yengil tortasiz. Shuning uchun ham soda kop yillar davomida oshqozon yarasi kasalliklarida tez yordam vositasi bo’lgan. Biroq bunday usuldan tez-tez foydalanish teskari natijani berishi mumkin: kislota ajralib chiqishi ortadi. Shunday ekan sodani boshqa davo vositalari bo’lmagan holdagina ishlatish mumkin.
  1. Soda tanadan ortiqcha suyuqlikni chiqarib yuborish xususiyatiga ham ega bo’lib, uni gipertoniyada yuqori qon bosimiga qarshi ishlatish mumkun. Qon bosimi kotarilganda yarim choy qoshiq soda Iste’mol qilish boshqa dori vositalari miqdorini kamaytirish imkonini beradi.
  1. Soda kislotada kuyish holatlarida qo’l kelib, teridagi kislotani darrov neytrallaydi. Sodali vanna — quyoshda kuyganda juda yaxshi foyda beradi.
  1. Iste’mol sodasi — tanadagi noxush ter hidini ketkazishda eng bezarar vositadir. Soda noxush hid keltirib chiqaruvchi bakteriya va zamburug’larga qarshi kurashadi. Dush qabul qilayotganingizda qo’ltiq osti va oyoq barmoqlari orasiga soda surting. Oyoq kiyimi ichiga ham soda sepib qo’yish mumkin.
  1. Istemol sodasi qo’shilgan issiq vanna tirnoq osti yiring kasalliklarida ham yaxshi samara beradi.
  1. Oyoq zamburug’ kasallikklarida soda profilaktika va davolash vositasini o’taydi. Buning uchun suv havzalari yoki hovuzlarda cho’milganingizdan so’ng zamburug’ kasalliklarini yuqtirib olmay desangiz, iliq sodali vannalardan foydalaning.
  1. Sodali arlashma chivin chaqishi natijasidagi qichishlarni bartaraf etadi. Ayniqsa nozik teri vakillari dam olishga chiqqanda sodani unutmaganlari ma’qul.
  1. Soda teri uchun ham ajoyib tozalash vositasi — uni biroz sovun ko’pigi yoki gel bilan aralashtiramiz. Bunday skrabdan so’ng teri o’lik xujayralardan xalos bo’lib juda mayin tus oladi. Sodali skrabni nozik teri vakillari ham ishlatishlari mumkin, u yumshatuvchi xususiyatga ega.

Buni qarangki Iste’mol sodasi yordamida bir qancha muammolardan halos bo’lish mumkin. Agar eng oddiy maxsulotlar aql bilan ishlatilsa, qimmat vositalardan ham yaxshiroq natija berishi mumkin.

manbaa: sof.uz

Вам может понравиться

Добавить комментарий