Iroq Respublikasi

Iroq respublikasi – Yaqin sharqdagi, Mesopotam tekisliklardagi Tigr va Yevfrat daryolari vodiysida joylashgan davlatdir.

Rasmiy nomlanishi Iroq Respublikasi
Mustaqillik kuni 1932 yil 3 oktyabr (Buyuk Britaniya mandati bilan)
Rasmiy tili Arab va kurd
Poytaxti Bog’dod
Yirik shaharlari Bog’dod
Boshqaruv shakli Parlament respublika
Maydoni 434,1 ming km.kv. (duiyoda 57-o’rinda)
Suv sathidan yuqoriligi 1,1 foiz
Aholi soni (2005) 28,1 mln kishi (dunyoda 44-o’rinda)
Zichliga 1 km.kv. ga 64,7 kishi
Pul birligi Iroq dinori ( IQD kod 368)
Internet-domen .iq
Telefon kodi +964
Soat millari UTC+3

Картинки по запросу фото ирак флагGeografik joylashuvi. Janubi-sharqda Quvayt, janubda Saudiya Arabiston, sharqda Iordaniya va Suriya, shimolda Turkiya, sharkda esa Eron bilan chegaradoshdir. Janubi-sharqda Fors bug’ozi suvlari yuvib turadi. Mamlakatning katta qismi Mesopotam pastliklaridan iboratdir. Shimoli-garbda — Jazira platosi, g’arbda Suriy cho’llarining uncha baland bo’lmagan yassitog’lari mavjuddir. Shimolda va shimoli-sharqda — Arman va Eron tog’lari (balandligi 3 598m.gacha) joylashgandir. Asbsiy daryolari Yevfrat va Tigr hisoblanadi. O’simliklar dunyosi asosan yarimcho’l va dasht yerlardan, g’arb va janubda esa — cho’lli hududlardan iborat. Daryolarning qirkoqlari bo’ylab — galerey o’rmonlari va xurmo palmalari yoyilib ketgan. Iqlimi shimol-da subtropik o’rtayer dengizi bo’yicha va tropik janubda. Mosulda iyul oyida o’rtacha haroat: +33° S daraja, yanvar oyida:’— 7°S, janubda esa yozda: +50° S gacha haroratni tashkil etadi.

Картинки по запросу фото ирак багдад

Iroq poytaxti Bog`dod shaxri

Ma’muriy taqsimlanishi. Ma’muriy hududiy jihatdan: 16 muhafaz (gubernator) liklarga bo’linadi.

Aholisi va dini. Aholining etnik tarkibi: arab-iroqlar — 76 %, kurdlar – 19 %, turkmanlar- 2.% dan iboratdir. Davlat tillari —  arab va kurd tili hisoblanadi. Dini: 96 % — islom dini. Musulmonlar (sunniylar — 65 %, shiyaliklar — 30 %), xristianlar — 4%, yezidlar, mandeyliklar va qolgan 1 % – iudeylar sanaladi.

Siyosiy tizim. Davlat tuzulish shakli – Respublika. Davlatning oliy organi — Qo’zg’olon qo’mondonlik Kengashi (SRK) Davlat va hukumat boshlig’i — prezident. Shuningdek u bir vaqtning o’zida qurolli kuchlar bosh qo’mondoni hisoblanib, mamlakatning yuqori amaldorlarini tayinlash huquqiga egadir. Prezident, SRK va Milliy Kengash — Qonunchilik hokimiyati-tarkibiga kiradi. Muhofaza (pravinsiya)larni gubernatorlar boshqarib keladi. Mamlakatda ko’ppartiyviylik tizimi joriy etilgan. Iroq — BMT, MVF, OPEK va Arab davlat Ligasi a’zosidir.

Картинки по запросу фото ирак багдад

Iroqning Bog`doddagi Respublika saroyi

Iqtisodiyoti. Iroq — industrial-agrar mamlakat hisoblanadi. Neft qazib olish — iqtisodiyotning asosini tashkil etadi (dunyo bo’yicha 2 o’rin). Neft, gaz, sera, fosfat, mramor va h.k. qazib olinadi. Neftni qayta ishlash, sement, tekstil, teri-poyabzal, ozuqa-ta’m (shakar va tamaki) sanoati rivojlangan bo’lib, mayda korxonalar ko’pchpliqni tashkil etadi. Sabzavotchilik, urug’chilik, poliz ekinlari, ekstensiv qoramolchilik va baliqchilik bilan shug’ullaniladi. Iroq turizm sohasi bo’yicha jadal rivojlanishi mumkin bo’lgan davlat, ammo hozirgi siyosiy vaziyat tufayli sayyoxlar bu mamlakatga deyarli kelmaydilar. Eksport uchun: neft, xurmo, charm mahsulotlari, junli matolar yetkazib beriladi. Importorqali: oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak, maishiy texnika olib kiriladi. Asosiy tashqi savdo hamkorlari: Iordaniya, Italiya, Germapiya va boshqalar.

Картинки по запросу фото ирак багдад

Bog`dod masjidi

Tarixi. Hozirgi Iroq hududida qadimda eng mashhur bo’lgan davlatlar gullab yashnagan: Shumer qirolligi hududi eramizdan avvalgi III ming yillikdan I ming yillikning o’rtalariga qadar Bobil va Assiriya qirolliklari hukmi ostida bo’lishgan, eramizdan avvalgi 539 yildan, 331 yilga qadar Iroq Forslarning qirolligi tarkibiga, so’ng esa 200 yil davomida Bukj Iskandar davlatining bir qismi bo’lib kelgan. Uzoq vaqt davomida mamlakat xududida fors sulolalari hukmronlik qilib kelgan 1258 yili mamlakat mo’g’ul borqinchilari tomonidan vayron etildi. XVII asrda Iroq to’laligicha, Ottoman -imperiyasi tarkibiga kirdi. Birinchi jahon urushi oxirlariga kelib, Mesopotamiyani ingliz harbiy kuchlari bosib oladi. 1921 yili Buyuk Britaniyaga qaram bo’lgan Iroq qirolligi vujudga keldi. 1922 yili (deyarli 1920 yildan boshlab) 1932 yilga qadar, Iroq Buyuk Britaniyaning mandati ostidagi hududi hisoblangan. 1958 yili Iroq va Iordaniyaning Arab Ittifoqi tashkil etildi, ammo 1958 yil 14 iyulda qonli to’qnashuvlar natijasida qirol taxtdan mahrum qilinib o’ldiriladi, Arab ittifoqi esa tarqalib ketadi. O’sha yilning 15 iyul kuni, Iroq respublika deya e’lon qilinib, ingliz harbiy bazalari yo’q qilinadi va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar olib borilishi boshlandi. Mamlakat bir qancha harbiy qo’zg’olonlarni boshidan o’tkazdi. 1979 yili Eron bilan bo’lgan aloqalar keskinlashdi, 1980—1988 yillari bu mojarolar (1988 yilda yarashuv bitimi imzolandi) qonli to’qnashuvlarga aylanib ketdi. 1990 yil 28 avgust kuni Iroq, Quvaytni o’zining 19 viloyati deb e’lon qildi va qurol yordamida bosib oldi (“Burya v pustine” operasiyasi). Shundan so’ng BMT tomonidan, savdo-iqtisodiy cheklovlar qo’yilib, Iroqning dengizdagi, quruqlik va havodagi to’siqlari o’rnatildi. AQSh boshchiligidagi Xalqaro hamjamiyat Quvaytni ozod qilish bo’yicha operasiyani tashkil etdi va 1991 yiliing fevral oyi oxirida Iroq harbiylari mamlakatdan olib chiqib ketildi. S.Husayn 2001 yildak boshlab BMT bilai barcha aloqalarni uzib, mamlakatdan xalqaro ekspertlarni chiqarib yubordi. 2003 yilning mart oyida AQSh harbiylari Iroqqa qarshi harbiy harakatlarni boshlab avval Bog’dod keyin esa butun mamlakatni bosib olishdi. Iroqni boshqarib turish uchun harbiy ma’muriyat tayinlandi. S. Husayn davlat tepasidan chetlatilgandan so’ng aholining asosiy etnik guruxlari bo’lgan — shiyaliklar, sunniylar va kurdlar o’rtasida mojarolar boshlanib ketdi.

Вам может понравиться

Добавить комментарий