Iordaniya Hoshimiylar Qirolligi

Iordaniya Hoshimiylar Qirolligi — Yaqin Sharqdagi arab mamlakat hisoblanadi.

Rasmiy nomlanishi Iordaniya Hoshimiylar Qirolligi
Mustaqillik kuni 1946 yil 25 may (Millatlar Ligasi tomonidan)
Rasmiy tili Arab
Poytaxti Amman
Yirik shaharlari Amman
Boshqaruv shakli Konstitusion monarxiya
Maydoni 89,3 ming km.kv. (dunyoda 110-o’rinda)
Suv sathidan yuqoriligi 0,01 foiz
Aholi soni (2005) 5,5 mln kishi (dunyoda 105-o’rinda)
Zichliga 1 km.kv. ga 62,3 kishi
Pul birligi Iordaniya dinori (JOD kod 400)
Internet-domen .jo
Telefon kodi +962
Soat millari UTS+2

Картинки по запросу фото иордания флагGeografik joylashuvi. Shimolda Suriya, shimoli-sharqda Iroq, sharq va janubda Saudiya Arabiston, g’arbda Isroil va Falastin avtonomiyasi bilan chegaradoshdir. Iordaniya, Isroil va Falastin avtonomiyasi bilan O’lik dengiz qirg’oq chizig’larini, Akaba bo’g’ozini esa Isroil, Saudiya Arabiston va Misr bilan bo’lishadi. Iordaniya yuza sathini katta qismi — sharqda pasayib boradigan yassitog’lardan iboratdir! Mamlakatning g’arbiy chegaralari bo’ylab, o’z tarkibiga Iordan daryosi vodiysini, O’lik dengizning tuzli ko’lini, Vadi-el-Arabani chuqurligini olgan chuqur tektonik Gxor (El-Gor) g’ori cho’zilib ketgan, Mamlakat hududining 4/5 qismini Iordaniya cho’li egallaydi. Iordaniyadagi iklim o’rtayer dengizli subtropik va keskin-kontinetal, judayam quruq. Yanvar oyidagi o’rtacha harorat: +8°S dan + 14° S gacha, iyul oyida: +24° S dan + 30° S gacha darajani tashkil etadi (o’rtacha kunlik havo harorati: + 40 S ni tashkil etadi). Kunduzgi va kechki haroratning o’rtasidagi farq 30—40° S darajani tashkil etadi. Qizil va O’lik dengizdagi suvning harorati yil bo’yi: 210S dan pastga tushmaydi. O’simlik dunyosi cho’lli va yarimcho’llidir.                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                Картинки по запросу фото иордания

Iordaniyaning maftunkor maskanlari

Ma’muriy taqsimlanishi. Ma’muriy jihatdan Iordaniya sakkizta muhofaza (provinsiya)larga bo’linadi. Muhofazalar boshida qirol tomonidan tayinlanada va Ichki ishlar vazirligiga bo’ysungan gubernatorlar turadi.

Aholisi va dini. Aholining etnik tarkibi: arablar (iordaniyaliklar va falastinliklar) — 98 % sh tashkil etadilar. Etnik guruxlarga—cherkeslar, chechenlar va armanlar kiradi. Mamlakatning rasmiy tili — arab tili. Dini: sunniylar — 92 %, shiyaliklar — 3 %, xristianlar — 5 % (islom davlat dini hisoblanadi).

Siyosiy tizim. Davlat tuzulishi — konstitusion monarhiya asosida shakllangandir. Davlat boshlig’i – Qirol. Hoshimiylar nomi Iordan boshqaruv sulolasi kelib chiqishi payg’ambar Muhammad s.a.v, mazhablariga tegishli ekanligini bildiradi. Ikkipalatali parlament — mamlakatning qonunchilik organini tashkil etadi. Senat qirol tomonidan tayinlanadi. Qirol Bosh vazirni tayinlaydi, u esa o’z navbatida (qirollik va Parlamentnang quyi palatasining roziligi bilan) hukumat vazirlarini tayinlaydi. Barcha qonunlar faqat qirol tasdiqlaganidan so’nggina kuchga kiradi. Iordaniyada fuqarolik, diniy va maxsus sudlar bor. Iordaniya – BMT (1954 yili qabul qilingan), Arab mamlakatlari Ligasi, Islom anjumani tashkilotlari va Qo’shilmaslik Harakati a’zosi hisoblanadi.

Картинки по запросу фото иордания

Iordaniyaning o`lik dengizi sohillaridagi sayyohlik maskanlari

Iqtisodayoti. Iordaniya – industrial-agrar mamlakat hisoblanadi. Yordaniya iqtisodiyotining, transport, aloqa, energetika, yirik qayta ishlash sanoati va turizm tarmoklarida davlat o’ziga xos o’rinni egallaydi, xususiy tadbirkorlik esa to’laligicha qishloq xo’jalik, mayda sanoat va xizmat ko’rsatish sohalarini nazorat qiladi. Mamlakatda fosforit, kaliy tuzi va neftni qayta ishlash amalga oshiriladi. Eksport uchun: kaliy tuzi, fosforit va o’g’itlar, sabzavot va mevalar yetkazib beriladi. Import orqali: texnika, transport uskunalari, bug’doychilik va neft mahsulotlari olib kiriladi. Asosiy tashqi savdo hamkorlariga Iroq, AQSh va Yevropa ittifoqi kiradi.

Tarixi. Eramizdan avvalgi III ming yilliqda Iordaniya hududiga xananaylar qabilalari ko’chib kela boshlashgan. Eramizdan avvalgi 1000 yillarda mamlakat Isroil va Iudey qiirolligi tarkibiga kirgan. II asrda Iordaniyani rimliklar bosib oladi, 395 yilda esa davlat Vizantiya tarkibiga kiradi. Davlat arablar tomonidan bosib olinib, Arab xalifaligi (VII asr) tarkibiga kirganidan so’ng islom dini tarqala boshladi. XI asrdan XV asrga qadar Iordaniya o’z boshidan xochlilar, saljuqiylar va misr mamlyuklarini bosqinini boshidan kechirdi. 1918 yili mamlakat hududi Britaniya Fatastinining tarkibiga kirdi. 1946 yili 25 may kuni Iordaniya mustaqil qirolligi e’lon qilindi. 1948-1949 yilda Isroil bilan bo’lib o’tgan urushdan so’ng Iyerusalimning sharqiy qismi va Iordan daryosini g’arbiy qirg’og’i Iordaniyaga qo’shildi, ammo 1967 yildagi yangitdan qaytalangan urush natijasida bu yerlar yana qo’ldan chikdi. 1971 yilda Iordan harbiylari mamlakat hududidagi Falastinliklarning harbiy bazalarini yo’q qildilar. 1988 yilda Iordaniyaning Iordan daryosini g’arbiy qirg’og’i bilan bo’lgan rasmiy aloqalarini uzib yubordi. 1999 yildan boshlab, Iordaniya yaqin sharqdagi vaziyatni nazorat qilib borish bo’yicha muzokaralarda qatnashish huquqiga ega bo’lib kelmoqda. 1994 yili Iordaniya va Isroil tinchlik shartnomasiii imzoladilar, unga ko’ra Isroil 1967 yilda bosib olgan yerlarini Iordaniyaga qaytarib berishi lozim.

manbaa: megadunyo.uz

Вам может понравиться

Добавить комментарий