Ijtimoiy tarmoqlarni samarali boshqarish uchun 3 servis

Spread the love

Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlar kundalik hayotimizda katta o‘rinni egallamoqda. Feysbuk, tvitter, moy mir va hokazolarda biz hamkasblar, do‘stlar va tanishlar bilan muloqot quramiz. Aynan ijtimoiy tarmoqlar vositasida qiziqarli voqealarni kuzatib boramiz, taasurotlarimiz bilan o‘rtoqlashamiz.

Ijtimoiy tarmoqlarni samarali boshqarish uchun 3 servis

Ammo, virtual olamda o‘tkazayotgan vaqtingizni nazorat ostiga olmas ekansiz bora-bora onlayn-ishlaringiz sizni asl hayot ishlari bilan shug‘ullanish imkoniyatidan mahrum etadi. Bunday vaziyat ro‘y bermasligi uchun ijtimoiy tarmoqlarni boshqarishga xizmat qiluvchi servislardan foydalaning.

Tanishtiruvni bepul xizmat hootsuite.com saytidan boshlaymiz. U rus tilida yuritiladi. Undan foydalanish uchun resursga feysbuk, tvitter, gugl+ akkauntlari orqali kirish mumkin. So‘ngra qaysisini boshqarishni tanlaysiz – Twitter, Facebook, LinkedIn, Google+ yoki Foursquare’ni. Sozlama sizni boshqaruv paneliga yo‘naltiradi. U yerdan esa yozuvlarni kiritish, foto va videoni joylashtirish kabi vazifalar bajariladi. Aytish kerakki bu amallarni birdaniga bir nechta ijtimoiy tarmoq uchun va hatto oldindan belgilab berilgan vaqtda amalga oshirish vazifasi topshirilishi mumkin.

Yozuvlarni jadval bo‘yicha joylashtirish qatori HootSuite kalit so‘zlar va @eslatmalar asosida tvitlarni kuzatish imkoniyatini ham beradi. Tahlil qismi ham yaxshi ishlaydi va qanaqa postlar o‘quvchilaringizning ko‘proq e’tiborini jalb etishini ko‘rsatib boradi.

Bufferapp.com ko‘p jihatlari bo‘yicha HootSuite xizmatini takrorlaydi. Servis internetdan qiziqarli kontentni yig‘ish (bular maqolalar, video, tasvirlar bo‘lishi mumkin) va uni kun davomida ijtimoiy tarmoqlarda avtomatik tarzda e’lon qilib borishni rejalashtiradi.

Servis obunachilaringiz tarmoqdan faol foydalanadigan vaqtni tahlil qilib chiqadi va tvitlar hamda postlarni e’lon qilishning eng qulay vaqtini belgilab beradi. Agarda siz birdan 20 ta tvitni yoki postni yuklasangiz Buffer ularni kerakli vaqtda va o‘z o‘rnida e’lon qiladi.

Servisning yillik xizmat narxi — $102.

Agarda sizga internet-ekspertlar, ishonchli odamlar kerak bo‘lsa yoki siz o‘zingizning onlayn-reytingiz bilan qiziqayotgan bo‘lsangiz bu holda klout.com sizga mo‘ljallangan.

klout.com saytiga feysbuk yoki tvitter-akkaunti orqali kiriladi. Klout ijtimoiy aloqalar sohasida ishlaydi va internet foydalanuvchilarning ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan ta’sirining darajasini o‘lchash bilan shug‘ullanadi. Servis Twitter, Facebook, LinkedIn, Foursquare, YouTube, Instagram, Google+ tarmoqlarini saralaydi. Akkauntlarni boshqarish juda sodda. Buning uchun o‘z profillaringizni turli tarmoqlarga qo‘shasiz.

Klout yordamida foydalanuvchi tvitterda nechta mualliflarni kuzatishini aniqlash, nechta mualliflar foydalanuvchini kuzatishini, retvitlar soni, mualliflar ro‘yxatida eslatishlar, siz retvit qilganlarning ta’sir darajasini ham bilish mumkin.

To‘plangan ma’lumot Feysbukdan olingan ma’lumot, sharhlar, belgilar, do‘stlar soni bilan birlashtiriladi. Ushbu ma’lumotlar «Klout Score»da aks ettiriladi va u foydalanuvchining ijtimoiy tarmoqlardagi ta’sir darajasini ko‘rsatadi.

Smartfonsiz yurmaydiganlarga ijtimoiy tarmoqlarni iOS va Android bazasidagi Seesmicqurilmalarida boshqarish uchun Static ilova-dasturidan foydalanishni tavsiya etamiz.

manba: sangzor.uz

Вам может понравиться

Добавить комментарий