Bolalar uchun xavfsiz Internet

Spread the love

Biz real hayotda yosh bolalarimizni asrab avaylashni odat qilganmiz. Biroq ular virtual olamda ham turli xavfu- xatarlarga uchrab qolishlari mumkinligi borasida hamma vaqt ham qayg‘urmaymiz! Bunday qarashni o‘zgartirish vaqti keldi!

Har bir havola yoki ijtimoiy tarmoqdagi akkauntlar ortida bolalarni turli xatarlar kutishi mumkin! Bular pornografiya, pedofiliya, diniy oqimlar yoki o‘z joniga qasd qilishni o‘rgatuvchi guruhlar va hokazolar bo‘lishi mumkin.

Yosh bolalarni bunday xavf xatarlardan ihotalash lozim. Buning uchun dastlab uyda kompyuterni risoladagidek qilib o‘rnatish shart! So‘nggi vaqtlarda yosh bolalari bir burchakda miq etmay o‘tirishlari uchun ota-onalar tomonidan ularning qo‘llariga aypad, noutbuk yoki smartfon kabi qimmatbaho o‘yinchoqlarni tutqazish odat bo‘lgan. Bunday qilish noto‘g‘ri!

Kompyuterni kattalar nazari doim tushadigan joyda o‘rnatish lozim. Uni shunday joyda qo‘yish kerakki, uzoqdan turib bo‘lsada, bola internetda nimalarni izlayotganini kattalar kuzata olsinlar!

Yozishmalarini o‘qish kerak emas, ammo nazorat shart.

Shuningdek bolalarga asl hayotda bo‘lgani kabi virtual olamda ham begona erkaklaru-ayollar bilan muloqot qilish mumkin emasligini tushuntirish lozim. Begonalar bilan muloqot xatarli bo‘lishi mumkin!

E’tiborga olish kerak, ayrim ijtimoiy tarmoqlar bolalarni himoya qilish tizimini joriy qilib qo‘ygan. Shulardan biri — «Odnoklassniki» ijtimoiy tarmog‘i! Mazkur ijtimoiy tarmoqda izlash tizimi shunday sozlanganki uning vositasida katta odam 14 yoshdan kichik bolani topolmaydi.

Biroq, biror bir sabablar bois yoshi katta odam yosh bolaga do‘stlik taklifini yubora olsa yoki unga maktub yozsa bu holda maxsus “ogohlantirish tugmasi”dan foydalanish ko‘zda tutilgan.

Undan foydalanish uchun bola shubhali xabarni jo‘natgan odamning ismi yonida turgan ushbu tugmani bosishi kerak bo‘ladi. Shundan so‘ng ushbu maktubni texnik yordam xizmati qabul qilib oladi va o‘z tekshiruvini boshlaydi. Tekshirish davomida maktub yoki xabar yuborgan odam kim, u nima maqsadda bolalarni qidirayapti va hokazolar aniqlanadi.

Mutaxassislar ota-onalarga o‘z farzandlari bilan ko‘proq muloqot qilishni tavsiya qiladilar! Bolaga u bilan internetda ro‘y berayotgan barcha voqealarni ota-ona bilan muhokama qilish afzal ekanligini o‘rgatish zarur!

Baysakova Zulfiya, “Inqiroz Markazlari Ittifoqi” vakili:

Bolalarni o‘z ota-onasiga ishonch ruhida tarbiyalash kerak, barchasini ular bilan muhokama qilishga o‘rgatish lozim. Agarda biz bolalarimizni eshita olsak va aytganlarini uqsak bu holda farzandimiz biror bir nojo‘ya tarmoqqa ilinganini tezda payqay olamiz”.

Bolaga boshidan internetda shaxsiy ma’lumotlarni joylashtirish kerak emasligini tushuntirish shart. Bular telefon raqamlari, yashash manzili, ota-onasining ish joyi va hokazolardir.

Bugungi kunda internetda yomon ma’nodagi ochiq va yopiq guruhlar soni juda ko‘paygan.

Bular bolalarni diniy oqimlarga da’vat etishni maqsad qilganidan tortib insonni yo‘ldan ozdiruvchi guruhlar bo‘lishi mumkin. Demak, bolaga boshidan nima yaxshi-yu, nima yomonligini ajratishga o‘rgatish kerak. Ushbu mavzuni bola bilan xuddi kattalardek ochiq muhokama qilish to‘g‘riroq! Ko‘nglingizda biror bir shubha paydo bo‘lsa unda psixolog maslahatidan foydalanilsa zarar qilmaydi.

Agarda internetda mazmun-mundarija jihatdan nojo‘ya saytga ko‘zingiz tushib qolsa befarq bo‘lmang! Uni kimdir yopadi deb kutib turmang! O‘zingiz harakatga tushing. Ma’lumki ko‘p narsa jamoatchilik tashabbusiga ham bog‘liq!

Shuningdek, bolaning internetdan foydalanish vaqtini cheklab qo‘yish muhim ahamiyatga ega. Planshet va kompyuterlardan boladan ma’lum vaqtga uzoqlashish yoki uning xarxashasidan qutulishning vositasi sifatida foydalanmang!

Bunaqa odat o‘zingizga qimmatga tushadi!

Manba: Sangzor.Uz

Вам может понравиться

Добавить комментарий