Inson teridan energiya ishlab chiqaruvchi plastir yaratildi

Kaliforniya univrsitetida inson terisi yordamida energiya ishlab chiqaruvchi plstir yaratildi. Bu haqda kun.uz sayti shunday yozadi. Uni kichik o’lchamdagi gadjyetlar uchun quvvatlash qurilmasi sifatida qo’llash mumkin. Misol, uchun u bilan yugurish vaqtida mobil telefonlarni quvvatlash mumkin. Qurilma ixtirochilarining ta`kidlashicha, tajribalar vaqtida ular radiopriyomnikning bunday plastirda ikki kun ishlashiga erishganlar.

Plastir ishlashi oddiy. Unda oddiy energetik batareyalardagi metallar funksiyasini fermentlar bajaradi. Aynan ular inson teridagi sut kislotasi bilan o’zaro ta`sirlashib energiya ishlab chiqaradi.

Bioenergetik plastir eniga va uzunligiga bir necha santimetr bo’lib, teriga yopishtirib qo’yiladi. Amerikalik olimlar o’z ixtirolarini quyidagicha ta`riflashdi.

“Agar siz chopayotgan bo’lsangiz, bu plastir biror mobil qurilmani energiya bilan ta`minlashi mumkin”, deb aytgan qurilma mualliflaridan biri Jozef Vanga.

Вам может понравиться

Добавить комментарий