Ibn Battutaning sayohati

Ibn  Battuta  (1304-1377)  mamlakatma-mamlakat  kezib  yuradigan  savdogar  va hormas-tolmas sayohatchi edi.

O‘ttiz  yil  davomida  u  Atlantika  okeani qirg’oqlarida  joylashgan  o’z  yurti  Tanjerdan  (Marokko)  Eron  va  Xitoygacha,  Qizil dengizdan  Zanzibargacha  va  Ispaniyadan  Sahroyi  Kabirning  markaziy  viloyatla- rigacha  bo’lgan  ulkan  hududlarni  o’rgandi.  ibn Battuta O’zining  sarguzashtlarga  boy  hayoti  mobaynida Ibn  Battuta necha martalab kema halokatiga uchrab omon qoldi,  Arabistonni  ziyorat qildi,  Dehlida  (Hindiston)  shafqatsiz sulton saroyida maslahatchi bo’ldi va hatto  Maldiv orollaridagi qabilaga yo’lboshchilik ham qildi.

Yigirma  yoshida  u  o’z  davrining  aksariyat  o’qimishli  arablari singari  Makkani  (Saudiya  Arabistonining  g’arbida joylashgan  shahar)  ziyorat  qilish  uchun  yo’l  oladi,  bu  uning  birinchi  sayohati  edi.

Sharqiy  Afrikaga  qilgan  safari  ham  unda  katta  taassurot  qoldirdi. Eron,  Suriya va Kichik Osiyo bo’ylab kezib chiqqan  Ibn  Battuta Qora dengizni kesib o’tib,  quruqlik orqali Volgaga yetib bordi.  Ibn  Battuta Volga  bo’ylab  Kamaning  quyilish  joyigacha  ko`tarildi,  bu  yerdagi Bolgar shahrida  Oltin  0‘rdaning  muhim  savdo  markazi joylashgan edi.  Uddaburon  savdogarga  «zulmat  mamlakatida»  mo’yna  bilan savdo  qilish  juda  xavfli  va  unchalik  ham  foyda  keltirmaydigan  ish bo’lib tuyuladi va shimolga qarab yurishni to’xtatadi.

«Ibn  Battutaning  sayohatlari  haqida»gi  kitob  XIV asrda  paydo  bo’ladi  va  ko’plab  tillarga  tarjima qilinadi.  Unda  muallifning  Yevropa,  Osiyo  va Afrika  bo’ylab  ko’p  sonli  sayohatlari  ishonchli tarzda tavsiflab berilgan…

Keyingi  yillarda  Ibn  Battuta  0 ‘rta  Osiyo va  Hindistonga  safar qiladi.  Hindistonda  u  sakkiz yil  bo’ladi.  1342-yilda  hind  sultoni  uni Xitoyga yuboradi, biroq bu safar amalga oshmaydi.  Keyinchalik Maldiv orollari  hokimida  xizmat  qilib  bo’lganidan  so’ng  u  Seylonga  tashrif buyuradi va nihoyat Xitoyga yetib boradi.

1349-yilda  Ibn  Battuta  Seylon,  Arabiston  va  Misr orqali  vataniga qaytadi,  biroq  bu  bilan  uning  sayohati  tugamaydi.  Ispaniyaga tashrif  buyurganidan  so’ng  u  yana  Afrikaga,  sirli  shahar  Timbuktuga (Mali) jo`naydi.  U  1352-yilda yo’lga chiqadi.  Bu  uning  eng  yirik ekspeditsiyasi edi. Maliga yo’l olgan Ibn Battuta Sahroyi Kabir cho’llarini kesib o’tadi. Yo’l juda qiyin bo’lib chiqdi, sahro qaroqchilar bilan to’lib toshgandi,  shu  sababli  sayohatchi  karvonga qo’shilib  oladi.  Karvon birinchi  marta  Tagazda  qo’nib  o’tadi.  Battutaaning  guvohlik  berishicha  u  yerdagi  barcha  uylar tuzdan  va  tuya  terisidan  qilingan  edi.

Sayohatchilar o’zlari bilan o’n kunga yetgulik suv olvoladilar: Tasaraligacha shuncha kun yo’l yurilishi  kerak edi.  So’ngra esa yangi zaxiralar bilan Valataga yetib olishadi.

Battuta  Maliga yetib  keladi,  so’ngra  Niger  daryosigacha  boradi.  Yo’l  juda  xatarli edi,  biroq  Ibn  Battuta  Malining  boy  Timbuktu  shahriga  borib  yetadi  va  imperator Sulaymonning saroyida bo’ladi. Ibn  Battuta  ellikka  kirgandan  so’ng  tug’ilib  o’sgan  shahri  Tanjerga  qaytib  keladi  va  o’zining  ajoyib  sayohatlari  hamda sarguzashtlari haqidagi kitobini aytib turib yozdiradi.

Manbaa: “Geografik kashfiyotlar”, “Davr nashriyoti” Toshkent 2013

Вам может понравиться

Добавить комментарий