Ibissimonlar

Ibissimonlar (Ibididae yoki Threskiornithidae) — laylaksimonlar  turkumi  oilasi.

Tumshug’i uzun, o’roqqa o’xshab pastga egilgan(qoravoylar) yoki to’g’ri va yassi, uchi kurakka o’xshash kengaygan (qoshiq burunlilar). Bo’yni va oyoqlari uzun, boshining bir qismi, ba’zan bo’yni patsiz.  Oldingi  barmoqlarining  asosida  suzgich  pardasi  bor.  Ko’pchilik  turlari  ovoz chiqarmaydi. 20  urug’i, 32  turi  bor.  Ibissimonlar tropik  va  mo’tadil  iqlimli  o’lkalardagi  suv havzalarida  yashaydi.

Картинки по запросу фото Platalea leucorodia

Ibissimonlarning O’zbekistonda uchraydigan qoshiqburun (Plataleo leucorodia) turi

O’zbekistonda 2 turi:  qoshiqburun (Plataleo leucorodia)  va  qoravoy (Plegadis falcinellus) Orol dengizi bo’yida va Amudaryoning quyi oqimidagi ko’llarda uchraydi.

Картинки по запросу фото Plegadis falcinellus

Ibissimonlarning O’zbekistonda uchraydigan qoravoy (Plegadis falcinellus) turi

Qamishlar orasida gala bo’lib uya quradi. Uyaga 2—3 ta tuxum qo’yadi. Hasharotlar, chuvalchanglar, mollyuskalar, mayda baliklar, baqalar bilan oziqlanadi.

Вам может понравиться

Добавить комментарий