Hindiston Respublikasi

Hindiston respublikasi – Janubiy Osiyoda joylashgan, Hindiston yarimorolinini katta qismini egallab turgan davlat hisoblanadi.

Rasmiy nomlanishi Hindiston Respublikasi
Mustaqillik kuni 1947 yyl 15 (Buyuk Britaniya mustamlakasi bo’lgan)
Rasmiy tili Hindiy va ingliz
Poytaxti Dehli
Yirik shaharlari Kalkutta, Bombey, Dehli, Chennay Bangalor, Nyu-Dehli
Boshqaruv shakli Parlament respublika
Maydoni 3,29 mln km.kv. (dunyoda 7-o’rinda)
Suv sathidan yuqoriligi 9,5 foiz
Aholi soni (2005) 1,0 mlrd kishi (dunyoda 2-o’rinda)
Zichliga km.kv. ga 330,7 kishi
Pul birligi Hindiston rupiysi (INR kod 356)
Internet-domen .in
Telefon kodi +91
Soat millari UTS+5:30

Картинки по запросу фото индия флагGeografik joylashuvi. Hindiston, g’arbda; Pokiston, shimoli-sharqda; Xitoy, Nepal va Butan, sharqda; Bangladesh va Myanma bilan chegaradoshdir. Undaya tashqari Hindiston janubi-g’arbda Maldiv orollari, janubda Shri-Lanka va janubi-sharqda Indoneziya bilan dengiz orqali chegaradoshdir. Hindistonning, Djammu va Kashmir shtatlari Afg’oniston bilann chegaradoshdir. Mamlakatni Hind okeani, Araviya dengizi va Bengal bo’g’ozi suvlari yuvib turadi. Hindiston tarkibiga, Andaman va Nikobar orollari shuningdek Araviya dengizining jamubi-sharqiy qismidagi Lakkadiv, Amindiv va Minikoy orollari kiradi. Hindiston yarimorolining katta qismini Dekan yassi tog’lari, shimolda – Hind-Gang tekkisliklari va yerning eng baland tog’lari bo’lgan — Himaloy va Qoraqorum egallaydi. Iqlimi tropik, shimolda — tropik mussonlidir. Yanvar oyida adirlardagi o’rtacha havo harorat shimolda: 15° S daraja, janubda esa may oyida: 28-35° S darajani tashkil etadi. Asosiy daryolari — Gang, Braxma-putra, Hind. Mamlakatni katga qismini; tropik o’rmonlar, savanna va ajiriqlar o’sib yotgan cho’llar tashkil etadi.

Картинки по запросу фото индия природа

Картинки по запросу фото индия природа

Hindistonning maftunkor tabiati

Ma’muriy taqsimlanishi. Ma’muriy jihatdan 25 ta shtat va 7 ta markazga bo’ysungan ittifoq hududlardan iboratdir.

Aholisi va dini. Aholining 72 % ni – hind-ariy xalqlari, 25% — dravidlar va 3 % gacha bo’lgan xalqni — mo’g’ul irqi vakillari tashkil etadi. Davlat tillari — ingliz va hindiy. Aholining yarmidan ko’p qismi, rasmiy tildan tashqari mahalliy tilda so’zlashishadi (shtatlarning rasmiy 17 ta tili va 700 ga yaqin mahalliy dialekt). Aholining asosiy qismini induistlar — 82 % ni, musulmonlar, 11 % ni, xristianlar — 2 % ni sikxlar — 2 % ni buddistlar, taxminan – 0,7 % ni tashkil etadi.

Картинки по запросу фото индия люди

Hindistonning mahalliy xalqi

Siyosiy tizim. Hindiston, federativ respublika hisoblanadi. Davlat boshlig’i — prezident. Shtatlarning qonunchilik hokimiyati va parlamentning ikkala palatasidan tarkib topgan saylovchilar kengashi tomonidan saylanadi. Ikkipalatali parlament — qonunchilik hokimiyatidan tashkil topgan. Shtatlar Kengashi va Milliy Majlisdan tashkil topgandir. Ijroiya hokimiyatini prezident tomonidan tayinlangan, Bosh vazir boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi. Mamlakatda ko’ppartiyaviylik tizimi amal qiladi. Hindiston shtatlari mamlakatning asosi hisoblanib, til borasida keng huquq va shaxsiy qonunchilik hokimiyatlariga asoslangan yirik ma’muriy-hududiy birlashmalari hisoblanadilar. Joylardagi ijroiya hokimiyati boshlig’i lavozimiga prezident tomonidan tayinlangan gubernator o’tkaziladi. Prezident tomonidan tayinlanadigan Bosh sudya va eng ko’pi 17 a’zolar bo’lgan sudyalar Hindistonning Oliy sudini tashkil etishadi. Mustaqillikni qo’lga kiritgach, Hindiston Hamdo’stlik tashkilotiga kirib, BMTning a’zolaridan biriga aylandi.

Iqtisodiyoti. Hindiston – agrar-industrial mamlakat hisoblanadi. Iqtisodiyoti har tomonlama rivojlangan. Davlat sektori, mudofaa sanoati, atom energetikasi, temir. io’l va dengiz transporti, aviasiya va aloqada yetakchi o’rinlarni egallab keladi. Hindiston kosmik va yadro qurollar bo’yicha ey yetakchi davlatga aylana oldi. Qishloq xo’jaligida mayda xo’jaliklar yetakchi o’rin egallaydi. Hindiston shakar-qamish, araxis, choyt djut, paxta yetishtirish bo’yicha dunyoda yetakchi o’rinlarni egallab keladi. Shuningdek, kauchuk, qahva va shirinliklar ishlab chiqariladi. Chorvachilik, ipakchilik, baliqchilik rivojlangan. Mamlakatda ko’mir, temir rudasi, boksit, neft, marganes va h.k. qazilma boyliklarining zahiralari ko’p. Qora va rangli metallurgiya, kimyo va farmasevtik sanoat, mashinasozlik kabi tarmoqlar tobora rivojlanib bormokda. Eksport uchun: mashina, uskunalar, dasturiy ta’minot, kiyim-kechak, jun va undan tayyorlangan mahsulotlar, kimyo mollari, djut mollari, temir rudasi, choy, qahva, ziravorlar, keshyu yong’oqlari, konserva, baliq va dengiz mahsulotlari, brilliantlar yetkazib beriladi. Turizm sohasida Hindiston katta ahamiyatga ega. Import orqali esa: neft, mashina va transport uskunalari, oziq-ovqat o’simlik yog’i, mineral o’g’itlar, zargarlik mollarini ba’zi turlari va qora metallar olib kiriladi. Asosiy savdo hamkorlari — AQSh, Yevropa hamjamiyati mamlakatlari, Rossiya, Yaponiya, Iroq, Eron, Markaziy va Sharqiy Yevropa davlatlari.

Картинки по запросу фото индия дели

Hindiston poytaxti Dehli shaxri

Tarixi. Eramizdan avvalgi II ming yilliklarda “ariy” qabilalari Hindistonga ko’chib boradi va shimoliy Hindistonda bir qancha qullarni sotish bilan shug’ullanuvchi davlatlar vujudga keladi. Eramizdan avvalgi VI asrlarda, Magadx shahri, eng yirik hind mamlakatlaridan biri hisoblanardi. Eramizdan avvalgi 327—325 yillarda shimoliy Hindistonga, Iskandar Zulqarnayn qo’shinlari bostirib keldi. XV asrlar oxirida Hindistonda birinchi portugaliya xalqlari yashaydigan jamoalar paydo bo’la boshladi. 1526 yili buyuk Mo’g’ullar shimoliy Xindistonni bosib olishdi. 1613 yili birinchi ingliz faktoriyalari ochildi. 1793 yili shimoliy Hindistonga forsiylar (shoh Nodir) bostirib kelishdi. 1763 yili inglizlar, Bengaliya va butun janubiy Hindistonni bosib olishdi. 1858 ,yili Hindiston to’laligicha inglizlarning nazorati ostiga o’tdi. 1919 yildan to 1922 yilgacha, 1930 dan va 1932 yilgacha mamlakatda ikkita fuqarolar urushi bo’lib o’tdi (Maxatma Gandi) va mustamlakachilarning taziqi susaya boshladi. Hindiston ikkala jahon urushlarida, Buyuk Britaniya tomonida turib kurashganlar. Ikkinchi jahon urushidan so’ng ingliz hukumati Hindistonga dominion huquqini berishga majbur bo’ldi. Hindiston Ittifoqi davlat tepasyga kelgan Hindiston milliy kongress hukumati Hindiston mustaqilligini e’lon qildi. 1947—1949 yillardati Hind-Pokiston urushlaridan so’ng Hindiston Kashmir shtatining katta qismiga ega bo’ldi.

1950 yili Hindiston Ittifoqi, Hindiston Respublikasiga aylandi.1971 yildagi Pokiston bilan Sharqiy Pokiston hududida bo’lib o’tgan urushdan so’ng Bangladesh Xalq Respublikasi tashkil etildi. 1984 yilda Bosh Vazir Indira Gandi o’ldirib ketildi. 1991 yid esa terroristlar qo’li tomonidan uning o’g’li — Bosh Vazir Radjiv Gandi o’ddirildi. 1999 yilda Hindiston va Pokiston yadro qurollariga ega bo’ldilar. Kosmik dasturlarni amalga oshirishda katta muvaffaqiyatlarga erishildi.

manbaa: megadunyo.uz

Вам может понравиться

Добавить комментарий