Hashoratlar to`g`risida faktlar

Eng katta pashsha turi Janubiy Amerikada yashaydi. Uning uzunligi 5,5 santimetr, yozilgan qanotlari esa 10 santimetrga yetadi.

· Oddiy pashsha ikki yarim oy mobaynida 600 dan 2000 tagacha tuxum qo’yadi.

 · Sayyoramizda taxminan 10000000000000000000 ta hasharot yashaydi. Bu har bir insonga 250 mln hasharot to’g’ri keladi degani.

· Ninachi lichinkasida ilk rivojlanish bosqichida 2 ta yurak bo’ladi: biri boshida, ikkinchisi tananing past qismida. Yetishgan ninachi lichinkasida 5 ta ko’z, 18 ta quloq, 8 kamerali yurak bo’ladi. Qoni yashil rangda.

· Qo’ng’izlar odatda ikki oy, ba’zida bir yilgacha yashaydi. Ayrim qo’ng’izlar esa oziqlanmasdan yillab yashay oladilar.

· Pashshaning ko’zi  4 ming, kapalakning 17 ming, qo’ng’izniki 25 ming, ninachiniki 28 ming ko’zchalardan tuzilgan.

· Bolari 1 kilogramm bol to’plash uchun 10 million gulga qo’nishi kerak.

· Chigirtka xech qo’nmasdan 2200 kilometrgacha ucha oladi.

· Suvaraklar insonni o’ldiradigan radiatsiya ta’sirida ham yashay oladilar.

· Xasharotlar ichida uzoq umr ko’radigan jonzot – chirildoq. Uning ko’payish tsikli 17 yilda bir marta keladi. Uning bu muddatni qanday “taqvim” yoki “soat” bilan hisoblashi hali ham sirligicha qolmoqda.

Вам может понравиться

Добавить комментарий