Harakat – salomatlik tayanchi

Jismoniy harakat inson tanasidagi turli a’zo va tizimlarning hayotiy faolligini me’yorlashtiradi. Harakat – salomatlik tayanchi Miokard qisqartiruvchanligini oshiradi, koronar qon aylanishining yaxshilanishi kapillyar qon tomirlarining kengayishi bilan kechadi.

O‘pka ventilyatsiyasi oshadi, kichik qon aylanish doirasi faoliyatini, qon aylanishini yaxshilaydi. Ko‘krak qafasi, me’da-ichak tizimi harakatiga ijobiy ta’sir etadi. Jismoniy harakatning ichki sekretsiya bezlariga ijobiy ta’siri juda katta. Ular ta’sirida ichki sekretsiya bezlarining faoliyati oshib, inson tanasi yosharadi. Yapon olimlarining aniqlashlaricha organizmning me’yoriy faol holati va sog‘lig‘ini saqlash uchun odam kuniga 10000 qadam yurishi lozim ekan. Bu o‘rta hisobda 6-7 kilometrni tashkil etadi. Uzoq yillar davomida jismoniy mehnat odamlarning qo‘l kuchi yordamida bajarilgan. XX asrdan boshlab kishilarda harakat faolligi kamaya bordi. Ma’lum me’yordagi harakatsizlik esa inson salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsata boshladi.

Sog‘lom bo‘lish, uzoq umr ko‘rish ko‘p jihatdan insonning o‘ziga bog‘liq. Tabobat ilmining sultoni Abu Ali ibn Sino uzoq yashash xususida fikr yuritib, fe’l-atvorning yumshoq, vazmin bo‘lishi, o‘z vaqtida ovqatlanish, ozoda yurish va tanani ortiqcha narsalardan tozalab turish, har oyda sauna, haftada hammomga tushish qoidasiga amal qilish, qaddi-qomatni to‘g‘ri tutish, burun orqali nafas olish, kiyimning tanaga mosligi, jismoniy va ruhiy harakatlarning bir-biriga uyg‘unligi, to‘yib uxlash, o‘zini tetik tutishga alohida e’tibor berishni uqtirgan edi. Qomusiy allomaning bundan bir necha asr avval aytgan fikrlari bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. Inson sog‘lig‘i uning kafti va oyoq osti bilan bog‘liq. Ibn Sinoning yozishicha, inson ichki a’zolarining va bosh miya bilan bog‘liqligini isbotlab berishgan. Mutaxassislar tavsiyasi bo‘yicha, har kuni barmoqlaringizni chiniqtirib tursangiz, ko‘pgina a’zolarning sog‘ayishi va mustahkamlanishi kuzatiladi:

– bosh barmoq miya faoliyatini yaxshilab, irodani mustahkamlaydi;

– ko‘rsatkich barmoq oshqozon ishini yaxshilab, ovqat hazm qilishni tezlashtiradi;

– o‘rta barmoq yuqori qon bosimini tushirib, ichak faoliyatini yaxshilaydi;

– nomsiz barmoq jigar faoliyatini oshiradi;

– jimjiloq esa yurak faoliyatini yaxshilash bilan birga ruhiy zo‘riqishning oldini oladi.

Barmoqlarni chiniqtirish quyidagi usulda amalga oshiriladi: chap qo‘l bosh barmog‘ingiz bo‘g‘inlarini o‘ng qo‘lning bosh va ko‘rsatkich barmoqlari bilan 5-7 daqiqa bosib, cho‘zib tortiladi. Avval bosh barmoqdagi uchta juft nuqtalar orqa tomoni va kaft tomonidan bosib chiqiladi. Keyin chap qo‘lingiz bilan o‘ng qo‘l barmoqlari bosib chiqiladi. Bu mashqni kuniga 1-2 marta bajarish kerak. Odam yalang oyoq yurganda (tuproqli yo‘lda) oyoq ostidagi nuqtalarga erdagi toshlar qadalib, intensiv uqalanadi. Er va odam organizmi o‘rtasida zaryadlar almashinuvi yuzaga kelib, organizmga ma’lum darajada shifobaxsh ta’sir ko‘rsatadi va himoya funksiyasini oshiradi. Buning uchun:

– yalangoyoq (tuproqli yo‘lda) 45 daqiqa yurish;

– oyoqni sovuq suvda yuvish; oyoq qurigandan keyin paypoq kiyib, oyoq isiguncha yurish lozim.

Qishda oyoqni issiq tutib, ko‘p yurish, yozda esa tuproqli yo‘lda yalangoyoq yurishning foydasi katta. Inson hayotida harakatning ahamiyati juda katta. Serharakat kishilar har doim sog‘lom va buquvvat bo‘ladilar. Ko‘proq piyoda yurishga harakat qiling, engil jismoniy mehnat bilan shug‘ullaning. Uxlashdan oldin toza havoda kamida 30 daqiqa sayr qilishni unutmang. Iliq suvli vanna qabul qilib, yaxshi shamollatilgan xonada 7-8 soat davomida uxlang. Shunda tanangiz bilan birga ruhingiz ham orom oladi. Umringiz uzayib, erta qarish g‘amidan osongina qutulasiz.

manba: Sangzor.Uz

Вам может понравиться

Добавить комментарий