Gulnora Karimovaning 784 mln. dollariga AQSh va Niderlandiya da’vo qilmoqda

Gulnora Karimovaning Shveysariyadagi “Lombard Odier” bankida muzlatib qo’yilgan 784 million AQSh dollarining katta qismi Niderlandiya va AQSh mutasaddilariga tegishi mumkin, deb yozadi izquvar-jurnalist Silvian Besson. 

Jurnalistning o’z manbasiga ko’ra, restitusiyaga (noqonuniy o’zlashtirilgan boylikni ortga qaytarish sharti) da’vo qilib turgan tomonlar Bern shahrida o’zaro kelishuvga erishishni ko’zlab turibdi.

Le Temps nashrida e’lon qilingan maqolada yozilishicha, AQSh mana shu pullardan 550 million dollarni “o’zbek tadbirkor doiralari moliyaviy amaliyotni amalga oshirish paytida Amerika banklaridan foydalangani” uchun qaytarishni talab qilmoqda. Niderlandiya da’vo qilib turgan mablag’ miqdori va vaji xabarda keltirilmagan.

Bessonning aytishicha, bu pullarni bir vaqtlar Gulnora Karimovaning turli telekommunikasiya kompaniyalardan pora sifatida qabul qilgan, degan ehtimol bilan bankda muzlatib qo’yilgandi. Jurnalist bu pullar xalq manfaati uchun O’zbekistonga qaytarilishi lozim, deb yozadi.

Eslatib o’tamiz, Gulnora Karimova 2001-2013 yillarda turli jinoyatlarni amalga oshirganlikda ayblanib, 12ta mamlakatda unga tegishli umumiy qiymati 1,5 milliard dollarga teng mol-mulk borligi aniqlangan.

manbaa: kun.uz

Вам может понравиться

Добавить комментарий