Grechka — sog‘lik uchun foydali

Shifokorlarning aytishicha, grechka bo‘tqasi tomirlarni mustahkamlashda juda foydali. Uning tarkibidagi rutin tomir devorlari va kapillyarlarni mustahkamlaydi. Grechka donida juda ko‘p miqdorda mavjud V guruhidagi vitaminlar uyqusizlik va stressdan xalos bo‘lishga yordam beradi. Teri, soch va tirnoqlarning holatini yaxshilaydi. Limon va olma kislotasiga boy bo‘lgan grechka ovqat hazmini yengillashtiradi. Bundan tashqari, grechka jigarni tozalashga yordam beradi va ortiqcha xolesterinni chiqarib yuboradi.

O‘rnini hech nima bilan to‘ldirib bo‘lmaydigan oqsil aminokislotalar tufayli grechka jonivor mahsulotlariga yaqin turadi. Shu bois, go‘sht o‘rnini bosuvchi mahsulot hisoblanadi.

Картинки по запросу фото гречка готовит

Grechkadan turli-tuman taomlar tayyorlasa bo‘ladi. Lekin ular orasida grechka sho‘rvasi ajralib turadi. U quyidagicha tayyorlanadi: bitta piyozni to‘g‘rab, o‘simlik yog‘ida bir oz qovuring. Unga qirg‘ichdan chiqarilgan sabzini, sal keyinroq karamni qo‘shing. So‘ng to‘rtburchak shaklda to‘g‘ralgan kartoshkani qaynatish uchun olovga qo‘ying. Qaynab chiqqach, unga yarim stakan grechka yormasi bilan sabzavotlarni soling va pishguncha qaynating. Ta’bga ko‘ra tuz va murch solasiz. Yangi ko‘katlardan sepsangiz ham bo‘ladi. Meni aytdi, dersiz: juda mazali taom bo‘ladi! Muhimi – grechkaning, ayniqsa, tomirlarga foydasi katta ekanligini unutmang! Varikoz nimaligini unutasiz. Darvoqe, grechka gemoglobin (grechkaning tarkibida temir moddasi ko‘p) pastligida, revmatizm, artrit, xasta jigarda ham juda foydali. Shunday ekan, dori ichishga shoshilmasdan, grechkadan ko‘proq yeb turing.

Картинки по запросу фото гречка готовит

Grechkali parhezning foydasiga xizmat qiluvchi yana bir qiziqarli ma’lumot: grechka hamisha tabiiy bo‘lgan. U gen modifikasiyasiga duchor qilinmagan kamsonli mahsulotlardan biri hisoblanadi.

Вам может понравиться

Добавить комментарий