Go`zal, maftunkor, sohibjamol bo`lish uchun maslahatlar

– Erta tongdan yuzingiz tiniq bo`lishini istasangiz, suvga yarimta limon sharbatini soling va shu suv bilan yuzingizni arting. Ko`z ostiga 5 daqiqaga o`simlik moyi surib qo`ying. Keyin oddiy suv bilan yuving.

– Ko`zlaringiz shishgan bo`lsa qaynatib olingan suvdan tomizing va 5 daqiqaga ko`z atroflariga qirg`ichdan o`tkazilgan kartoshka qo`ying.

– Qipiqlanuvchi teri uchun niqob. Ertalab olmani qirgichdan o`tkazing. Sharbatini olib, bo`tqasini esa yuzingizga surting.

– Har kuni ertalab bir stakan sutni bir bo`lak oq non bilan iching. Uyqudan oldin o`simlik moyi va smetanadan tayyorlangan niqobni un daqiqaga yuzingizga surting.

– Oyoqlaringiz charchasa, tog`oraga sovuq suv soling va 10 daqiqa davomida oyoqlaringizni botiring. Darhol o`ringa yotib, oyoqlaringizni yuqoriga ko`taring.

– Quyosh urishiga qarshi har kuni 200 gr qirgichdan o`tkazilgan sabzi yeb turing. Tongda sabzi sharbati bilan yuzingizni arting.

– Ajinga qarshi krem. 100 gr sariyog`, 2 choy qoshik asal va 2 osh qoshik smetana aralashtiriladi. Ertalabki va kechki yuvinishdan so`ng 10 daqiqa davomida krem yuzga suriladi va sutga botirilgan paxta bilan artib olinadi.

– Lablaringiz olcha rangida bo`lishini istasangiz oddiy xinoni issiq suv bilan aralashtiring va massani bir tekisda labga suring. Yigirma daqiqadan sung sovuq suvda yuvib tashlang.

– Ko`zlar chaqnab turishi uchun har tong ko`z gimnastikasi mashqlarini bajaring. Avval ungga keyin chapga qarang. Ko`zingizni soat yunalinishi bo`yicha aylantiring, uzoqdan yaqindagi buyumlarga tikilib qarang. So`ng qaynab ilitilgan suv bilan chaying.

– Sochlaringiz sog`lom nur sochishini istasangiz, har kuni egilib (boshingiz yuragingizdan pastda bo`lishi kerak) sochingizni pastga qarab kamida 50 marta tarashingiz lozim. Sochni yuvib bo`lgandan so`ng uni sirka aralashmasi bilan chaying. ( 1 litr suvga 1 choy qkoshik aralashtirilgan sirka).

– Sepkilga qarshi niqob. Ikki dona vodorod perokid tabletkasi bir stakan suvda eritiladi. Unga kraxmal qo`shib smetana holatiga kelguncha aralashtiriladi. Tozalangan yuzga 10 daqiqa davomida suriladi va sovuq suvda yuviladi.

Вам может понравиться

Добавить комментарий