Gladiatorlar haqida

Qadimgi Rim aholisi yoki imperatorlar gladiatorlarni o’limga hukm qiluvchi «barmoqni pastga burish» ishorasini mutloq ishlatmaganini bilasizmi?Rimliklar umuman «barmoqni pastga burish»ni qo’llamaganlar. Bordiyu, gladiatorning o’lishi lozim bo’lsa, tomoshabinlar bosh barmog’ini yuqoriga ko’targanlar. Bu ishora «yalang’ochlangan qilich» ramzini anglatgan. Agar, gladiatorga yashash ijozati berilganda, odamlar bosh barmog’ini kaft ichiga olishgan, ya’ni musht holatini ko’rsatishgan. Bu «qilich qin ichida» degan ma’noni anglatgan.

gladiator
Hozirgi odamlarning gladiatorlar taqdiri borasida yanglish tasavvurga ega bo’lishiga XIX asrda yashab ijod etgan fransuz rassomi Leon Jeromning «Pollice verso» kartinasi sabab bo’lgan. Suratda tasvirlangan rimlik gladiator o’lim jazosini kutib turgani tasvirlangan. Tarixchilar yalpi ovoz bilan rassom lotinchadagi «police verso» so’zlarini «pastga qaratilgan barmoq» tarjimasida tushunganini ta’kidlaydilar. Aslida ushbu ibora «yuqoriga qaratilgan barmoq» ma’nosini anglatadi.

manba: uzbegim.info

Вам может понравиться

Добавить комментарий