Ginness tarixidan

 “Ginness rekordlari” kitobi – jahon rekordlarining yillik to’plami (bunga insoniyat erishgan muvafaqqiyatlar va tabiatdagi rekordlar qayd etiladi) birinchi bor 1955 yilda nashr etilgan. Olamshumul nashr Irlandiyaning “Ginness” piva ishlab chiqaruvchi kompaniyasi buyurtmasiga asosan dunyo yuzini ko’rdi.

Hozirgi kunga kelib, kitob dunyoning 100 mamlakatida 23 tilda nashr etildi. 1984 yilda kitob 50 million, 1994 yilda 75 million, yangi asr boshida esa 100 million nusxada chiqarilgan. Bugungi kunda “Ginness rekordlari” kitobi mualliflik huquqi huququ bilan himoyalangan eng ko’p adadli nashr etiladi. Bundan Qur’oni Karim, Injil va Mao Tszedun kitoblablari  mustasno.

Kitobning hozirgi noshiri Styuvart Nyuportdir. Bunday ma’lumotnomani  chiqarish g’oyasi ser Hyu Biverga (Guinness Brewery piva ishlab chiqaruvchi kompaniyasi boshqaruvchisi) tegishli. O’shanda Biver bu nashr pivaxona mijozlarining betakror hamrohiga aylanib, ular o’rtasidagi turli viktorinalar, baxslarga javob topish imkonini berishiga ishongandi.

Rus tilidagi “Ginness rekordlari” kitobi 1989 yilda chop etilgan. Gollivudda Ginness muzeyi faoliyat ko’rsatadi.   

manba: Sangzor.Uz

Вам может понравиться

Добавить комментарий