Ginness rekordlar kitobidan

AQShning Indiana shtati Evoki shaharchasida istiqomat qiluvchi Jon K. Bekxem dunyodagi eng yirik xususiy kutubxona sohibidir. Uning tasarrufida 1,5 million jild kitob mavjud.

Buyuk Britaniyaning Sharqiy Yorkshir grafligidagi Hallda istiqomat qiluvchi Ralf Seyvillning o’ziga xos kolleksiyasi – xatcho’plar to’plami bor. Bu turli materialdan yasalgan, turli shakl va o’lchamdagi xatcho’plar 1416 tani tashkil qiladi.

1997 yil may oyi holatiga ko’ra, Germaniyaning Dinslaken degan joyida yashovchi Angelika Unverxauning 108 500 dona sharikli ruchkasi bo’lgan (hozir bundan ham ko’p deb ishonch bilan aytsak ham bo’laveradi; 13 yiloldin shuncha narsa to’play qo’ygan Unverxau tinch turarmidi…)

Belgiyalik Gi van Keer muddati o’tgan passport va uning o’rnini bosgan shaxsni tasdiqlovchi hujjatlardan 3880 donasini to’plab qo’ygan ekan. Uning kolleksiyasida 130 tadan ortiq mamlakat va tashkilotlar tomonidan berilgan (ro’yxatdagi ayrim mamlakatlar endilikda mavjud emas). Eng qadimiy pasportlar 1615 yilda borib taqaladi va zamonaviylari ham bor. Ammo eng qimmatli nusxa bu mahorat bilan bezatilgan, 1898 yilda tegishli Xitoy mamlakatida chiqarilgan pasportdir. Uning narxi kamida 22 500 dollarni tashkil qiladi.

Mashhir ixtirochi va rassom Leonardo da Vinchi qalamiga mansub “Qo’lyozma bolg’a” (Codex Hammer) deb nomlangan bezakli qo’lyozma asarida zamonaviy suvosti kemalari, bug’ dvigateli va boshqa ixtirolarning ta’rifi keltirilgan. Ushbu qimmatli qo’lyozma 1994 yilning 11 noyabrida AQShdagi Nyu-York shahri Cristie auksionida rekord narx – 30,8 million dollarga sotiladi. Qo’lyozmaning xaridori esa hammamizga ma’lum bo’lgan, kompyuter dasturlaridan sevib foydalanadiganimiz, milliarder Bill to’ga Geyts edi. Bu asar Leonardo da Vinchining shaxsiy kolleksiyada saqlanuvchi yagona qo’lyozmasidir.

Bosma sahifaga (qo’lyozmadan farqli ravishda) berilgan eng yuqori baho 2 420 000 dollar bo’lgan. Bu AQSh Mustaqillik Deklaratsiyasining ma’lum va mashhur 24 ta nusxasidan biri edi. Ular 1776 yilda Filadelfiya shahrida Jon Danlop tomonidan nashr qilingan edi. Biz so’z yuritayotgan hujjat nusxasi “Samuel T.Freeman” kompaniyasi tomonidan Jorjiya shtatidagi Atlanta shahrida istiqomat qiluvchi Donald Sheerga sotilgan edi (1991 yil 31 iyunida).

1492 yilga tegishli deb hisoblanadigan Ptolemey Kosmografiyasi Sotby auksionida record summa – 1,925 mln. dollarga sotilgan (1990 yil 31 yanvarda).

Вам может понравиться

Добавить комментарий