Ginnesning Rekordlar kitobi: dunyodagi siyosiy rekordlar bilan

1955-yil 27-avgust kuni Buyuk Britaniyada Ginnesning Rekordlar kitobi ilk bor nashr qilingan edi. Ayni paytda kitob 100 dan ortiq mamlakatda 23 tilda har yili bosib chiqariladi. 2005-yilda kitobning 100 millioninchi nusxasi sotilgan. 59 yillik umri davomida kitobga siyosat sohasidagi anchagina rekordlar ham kiritilgan. “ITAR-TASS” ularning eng diqqatga sazovorlarini keltirib o‘tdi . Eng yosh davlat rahbari — Kim Chen In. KXDR yetakchisi Kim Chen Irning uchinchi o‘g‘li 2011-yil 17-dekabrda otasi vafot etgach, “buyuk merosxo‘r” deb e’lon qilindi. Kim Chen Inning aniq yoshi noma’lum: uning tug‘ilgan sanasi turlicha keltiriladi — 1982, 1983 yoki 1984-yil 8-yanvar. Amaldagi eng keksa monarx — 90 yoshli Abdulla ibn Abdul Aziz Al Saud. Saudiya Arabistoni qiroli 2005-yil 1-avgust kuni 81 yoshida taxtga o‘tirgan. Rekord sondagi davlatlar rahbari — Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II. U 16 ta mamlakatga hukmronlik qiladi. Yelizaveta II nomigagina qirolicha bo‘lib, siyosiy hukmronlikka ega bo‘lmasa-da, Britaniya Millatlar Hamdo‘stligiga tegishli 15 ta davlat, Buyuk Britaniya hamda Britaniyaning 14 ta dengizorti hududlarida yashovchi 128 milliondan ortiq aholi uning suverenitetini tan oladi. Eng ommabop siyosiy tvit esa Barak Oabamaga tegishlidir. 2012-yilda AQShda prezidentlik saylovlarida g‘olib chiqqach, u “Yana to‘rt yil” deb yozib, o‘z rafiqasi Mishelni quchoqlab tushgan suratini ilova qilgan edi. Ushbu tvit 24 soat ichida 771 635 marta retvit qilingan. Dunyodagi eng badavlat hukmdor Tailand Qirolligi qiroli Pumipon Adulyadet (Rama IX)dir. Forbes ma’lumotlariga ko‘ra, uning shaxsiy boyligi 30 milliard dollar deb baholangan. Hokimiyat tepasida turish muddati bo‘yicha rekordchi — Fidel Kastro. Kuba inqilobi yetakchisi 49 yil 10 oy 3 kun hukmdorlik qilgan. Faqat monarxlargina bu muddatdan o‘zgan. Eng ko‘p sonli muvaffaqiyatsiz suiqasdlar ham Fidel Kastroga nisbatan amalga oshirilgan. Kuba inqilobi yetakchisiga qarshi uni o‘ldirish maqsadida 638 ta fitna uyushtirilgan.  Sirimavo Bandaranaika — birinchi va eng uzoq hukmronlik qilgan ayoldir. U uch marta Shri-Lanka bosh vaziri lavozimini egallab, bu mansab ostida jami 18 yil faoliyat yuritgan. Mariya Estela Martines de Peron — dunyodagi birinchi prezident ayol. U 1974-yil 1-iyulda turmush o‘rtog‘i prezident Xuan Peron vafot etgach, hokimiyat tepasiga keladi. Biroq bor-yo‘g‘i 2 yil hukmdorlik qiladi: 1976-yil 24-martda harbiy to‘ntaruv paytida Peron prezidentlikdan olib tashlanadi. 2012-yilda AQShdagi prezidentlik va Kongressga saylovlar eng ko‘p xarajat talab etgan. Ularga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish uchun 6 milliard dollar sarflangan. Federal saylov komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, prezidentlikka nomzodlarning har ikkalasi — Barak Obama ham, Mit Rommni ham soniyasiga 30,3 dollar sarflagan.

manba:  Jorge Andreas Leo (FCB)

Вам может понравиться

Добавить комментарий