Ginnesga kirish uchun 1400 kun sarfladi

Britaniyalik Grem Xyuz Ginness Rekordlar Kitobiga kirish uchun umrining to’rt yilini sarfladi. Avantyurachi samolyotdan foydalanmay dunyoning barcha mamlakatlarida bo’lib qaytdi. Buning uchun u sevgan qizi va ishidan ham voz kechishga majbur bo’ldi. Lekin, o’z maqsadiga erishdi.
33 yoshli Xyuz 1426 kun ichida 250 ming kilometrlik yo’lni bosib, 201 mamlakatga tashrif buyurdi va biron marta samolyotda parvoz qilmadi. Hatto, ikki marta Kongo va Kabo-Verde mamlakatlarida bir necha muddat qamoqda ham o’tirib chiqdi. Sayyohdan shubhalangan maxalliy polisiya uni josuslikda ayblashdi.
Sayyohat davomida u borgan joylarini videotasmaga tushirib, YouTube tarmog’iga joylashtirib bordi. Britaniyalik sayyoh eng so’nggi tasmada dunyo bo’ylab safari haqidagi taasurottlari bilan o’rtoqlashdi.
Ammo Ginness Rekordlar Kitobi vakillari Xyuzning ushbu harakatini kitobga kiritishga rozi bo’lishmadi. Bunga esa uning Polshadan Rossiya xududiga noqonuniy ravishda o’tgani sabab bo’ldi. Rossiyaga daryo kechib o’tgan Xyuzning bojxona nazoratidan o’tmagani Ginnes rekori orzusini chippakka chiqardi. Sayohatchiga yozilgan maktubda qoidabuzarlik evaziga amalga oshirilgan ishlar Rekordlar kitobiga kiritilmasligi ta’kidlangan.
Bundan xabar topgan Xyuz avtobusga o’tirib, Rossiyaga qonuniy ravishda qaytadan kirib keldi va hozirda ushbu masalaning qayta ko’rib chiqilishini talab qilmoqda.
Grem Xyuz 2009 yilning 1 yanvarida sayohatga otlangan edi. Avtobus, poyezd, dengiz transportlaridan foydalangan holda u Janubiy Amerika, Afrika qit’alarini, xususan Kanada, Islandiya, Janubiy Afrika Respublikasi, Madagaskar, Qirg’iziston, Eron, va Yangi Zelandiya kabi mamlakatlarini bosib o’tdi.

Вам может понравиться

Добавить комментарий