Gerodot va qadimgi dunyo

Yunonlarning axey qabilasi geografik kashfiyotlari bilan dovruq taratgan: ular 0 ‘rta Yer dengizidan Qora dengizga suzib o‘tishgan. Finikiyaliklar Yevropani o`rab turgan Atlantika okeani qirg‘oqlarini tadqiq qilishgan. Hindlar Hind-Ganga tekisligini o ‘zlashtirib bo’lishgach, Arab dengizi qirg`oqlariga va Himolay tog ‘igacha yetib borishgan.
Buyuk Xitoyda vujudga kelgan sivilizatsiya Tinch okeani qirg‘oqlaridan Tibet tog`liklariga qadar yetib bordi. Miloddan avvalgi V asrda Qadimgi Yunonistonda geografiya fani paydo bo`ldi.

Buyuk yunon sayyohi

Image result for фото gerodot
Birdaniga ikkita fan – geografiya va tarix fanlari asoschisi deb hisoblanadigan, millati grek bo’lgan Gerodot (miloddan avvalgi 490 va 480- yillar orasida tug’ilgan va miloddan avvalgi taxminan 425-yilda vafot et­gan) asli Kichik Osiyolik bo’lgan. U Kichik Osiyo bo’ylab sayohat qilgan, Bobil, Finikiya, Misr, Kirena, Yunonistonning turli shaharlari, Qora dengiz qirg’oqlarini borib ko’rgan. Uzoq vaqt Afinada istiqomat qilgan.
Gerodot asarlari – Qadimgi dunyo haqidagi haqiqiy ensiklopediyadir. Umrining undan ham ko‘p qismini jahongashtalik bilan oltkazgan boshqa bir odamni topish mushkul. Qiziquvchanligi va halolligi Gerodotni ishonchli kuzatuvchiga aylantirdi, u yodgorliklar va hududlarning o’ziga xos tomonlarini  aniq va lo’nda qilib ta’riflab berdi.
Gerodotning asarlarida Misrning geografiyasi, uning dini va arxitekturasi, qonunlari va urf-odatlari to‘g‘risidagi hikoyalar bor. Gerodot birinchi bo’lib ajoyib Misr ehromlarini ta’riflab berdi, bu paytda ehromlar bunyod etilganiga 2 ming yildan ortiq vaqt o’tgan edi. U o’z hikoyalarida Liviya haqida shunday yozadi: «Uning qirg’oqlarida odamlar isti­qomat qiladi, undan uzoqroqda esa – yovvoyi hayvonlar dunyosi, undan keyin esa poyoni yo`q quruq va jonsiz qumliklar boshlanadi». Bobil haqi­da esa shunday jumlalar bor: «U shunchalar go’zal va ulug’vorki, butun dunyoda unga teng keladigan shahar topilmaydi».
Gerodot Ukraina cho’llarida yashagan sirli ko’chmanchi-skiflar haqi­da qiziq ma’lumotlar qoldirgan. «Chavandoz skiflar – mahoratli kamonchilardir, ular ot qo’yib borayotib ham marraga aniq uradilar, ularning aravasi esa uy o’rnini o’taydi», – deb yozadi u. Uning asarlari – yer yuzidan allaqachonlar yo’q bo’lib ketgan xalq to’g’risida ishonchli ma’lumotlarni beruvchi muhim asosdir, bizning davrga kelib ular tarixiy manbalar orqali o’z tasdig’ini topmoqda.
«Men Misr haqidagi hikoyalarimni davom ettiraman, axir dunyoning boshqa hech bir yerida bunchalik ko’p mojiza topolmaysiz, bu yerda ta’rifiga til ojiz xazinalarning son-sanog‘i yo’q», – deb yozgan edi Gerodot.

manba: megadunyo.uz

Вам может понравиться

Добавить комментарий