Vikinglar kashfiyoti: Islandiya

Spread the love

O ‘rta  asrlarda  Yevropa  davlatlarining  shakllanishi,  ularda chegaralarni  belgilash  jarayoni  bo’lib  o ‘td i.  Hukmdorlar o’zlariga qaram yerlarni kengaytirish va mustahkamlashga intildilar.  Jangchilar  va  savdogarlar  tomonidan  amalga oshirilgan geografik kashfiyotlar yangi yerlarni o’zlashtirish yoki o’zaro foydali yangi savdo aloqalarini yo’lga qo’yishga zamin yaratardi.

Vikinglar kashfiyoti: Islandiya

Milodiy 1 -ming yillikning oxiriga kelib Yevropa aholisi tez ko‘paya boshladi. Yevropaning shimolida yashaydigan skandinaviyaliklarga  qishloq  xo’jaligi  bilan  shug’ullanishlari  uchun  yaroqli  yer  kamlik qila  boshladi,  borida ham tuproq tezda oriqlab,  kamhosil  b o ‘lib qolardi.  Ba’zi  bir dengizchilar dengiz  qaroqchiligini  o’zlariga  kasb qilib  olib  – vikinglarga  aylandilar.  Vikinglarning,  ularni  normannlar  deb  ham  atashardi  («shimoliy  odamlar»  ma’nosini  anglatadi), talonchilik hujumlari Britaniya,  Irlandiya va Shimoliy hamda G’arbiy Yevropaning qirg’oqbo’yi mamlakatlari aholisini dahshatga solardi.

Image result for фото исландия викинг история

Vikinglar kemasi

Vikinglaming qurollari asosan qlich, harbiy bolta, kamon va nayzalardan iborat bo’lardi. Keyinchalik  Islandiya  deb nom olgan orolni  birinchi  bo’lib 867- yilda vikinglar topishgan.  Bu shunday bo’lgan edi:  bir kuni ularning yo’lboshchilaridan  biri  Naddod  o’z  qo’shini  bilan  Norvegiyadan o’zining Rarer orolidagi yerlariga qaytib kelayotib kuchli po’rtanaga duch  keladi.  Po’rtana  uning  kemasini  shimoliy-g’arb  yo’nalishida uzoq-uzoqlarga uloqtiradi,  bu yerdan  u  uzoqdan qorli to g ‘la r bilan qoplangan  yerlarni  ko’radi.  IX asr  oxirida  norvegeyaliklar  Gardar boshchiligida bu orolga yetib kelganlarida, u bo’sh emas edi,  biroq mahalliy qabila tezgina bu yerni tark etdi.Islandiyaga  ko’chib  kelgan  urishqoq  vikinglar  o’zaro  munosabatda  bir-birlariga takalluf qilib  o’tirmasdilar,  shu  sababli  ular  bir- birlarini o’ldirib qo’ymasliklari uchun anchagina qattiq qonunlar qabul qilishga to ‘g ‘ri keldi.

Related image

Vikinglarning Islandiyadagi uylari

Shimoliy-Garbiy Yevropaning beshta davlati – Finlandiya,  Shvetsiya,  Norvegiya,  Daniya  va Islandiya – Skandinaviya mamlakatlari deb ataladi.

Skandinaviyaliklar azaldan  mohir va  dovyurak dengizchilar bo`lishgan.

manba: megadunyo.uz

Вам может понравиться

Добавить комментарий