Gazli ichimliklar xavflari

Yaqinlarining va o’zining salomatligi uchun o’zini posbon deb bilgan, oila boshliqlari! Oilangiz sihati siz uchun muhim ekan, xonadoningizga gazli ichimliklar kirishiga imkon qadar yo’l qo’ymang! Afsuski, bunday ichimliklarning inson tanasiga bir qancha zararlari bo’lishini bilaturib, ko’pchilik ularni iste’mol qilishdan o’zlarini tiyolmaydilar, xususan yoz mavsumida. Shifokorlar esa gazli ichimliklardan iloji boricha uzoqlashishni, hyech bo’lmaganda me’yorida iste’mol qilishni maslahat beradilar.

Diyetolog shifokor Rabob Munjid gazli ichimliklar iste’mol qilish xatarlari va uning inson jismiga ta’siri xususida quyidagilarni bayon etadi:

  • Gazli ichimliklarni iste’mol qilish oshqozonni hazm jarayonida zarur bo’lgan so’lak fermentlaridan mahrum qiladi.
  • Uning tarkibida kafein miqdori yuqoriligi tufayli yurak urishi tezlashadi.
  • Gazli ichimlik tarkibidagi yuqori miqdordagi fosfor tuzlari suyak yemirilishini keltirib chiqaradi.
  • Haddan tashqari iste’mol qilish xotira susayishi va jigar zararlanishiga olib keladi.
  • Gazli ichimliklar iste’mol qilishdan inson tanasiga hyech qanday foyda yo’q, balki uning tarkibida salomatlikka xavf soluvchi sun’iy ranglar hamda saqlovchi moddalar mavjud.
  • Gazli ichimlik suyak uchun zarur bo’lgan kalsiy moddasining so’rilishiga sabab bo’ladi.
  • Uning tarkibida shakar miqdori yuqoriligi hamda fiziologik kaloriyalar sabab vazn orttirib, semizlikni yuzaga keltiradi.
  • Tarkibidagi kafein inson tanasidagi temir moddasining so’rilib ketishini ta’minlaydi, natijada kamqonlik kasali kelib chiqadi.

Вам может понравиться

Добавить комментарий