Garvard Universiteti

Garvard Universiteti – (ingl. Harvard Univercity) – AQSH va butun dunyoning eng mashxur universitetlaridan biridir. U Kembridj shahridagi Massachusets shtatida joylashgan. Garvard AQSHning tarixiy universitetlaridan hisoblanib, 1636 – yilning 8 – sentabrida asos solingan. Universitet muruvvat ko’rsatuvchi missioner Jon Garvard sharafiga qo’yilgan. Lekin u hech qachon rasman cherkov bilan aloqada bo’lmagan. 1643 – yilda ingliz aristokrati Enn Redkliff ilmiy izlanishlarni qo’llab-quvvatlash uchun birinchi fondni tashkil etdi. XVIII asr davomida Garvardning o’quv dasturlari yana ham ommalashgan va XIX asr oxirlariga kelib kollej Boston elitasidagi madaniyat markazlaridan biri bo’lgan. AQSHdagi fuqarolik urushlaridan keyin, prezident Charlz Elliot qirq yillik boshqaruvdan so’ng , ushbu kollej va unga qaram bo’lgan maktablarni yagona – ilmiy izlanishlar olib boriluvchi unuversitetga aylantiradi va Garvard 1990 – yili Amerika Universitetlari Assotsiatsiyasining asoschilaridan biriga aylanadi.

Похожее изображение

Dryu Jilpin Faust 2007 – yili Garvardning 28 – prezidenti bo’lgan va u universitet tarixidagi birinchi ayol boshqaruvchi hisoblanadi. 2010 – yilning sentabr oyidagi hisoblashlarga qaraganda, Garvard eng katta kapitalga ega bo’lgan universitet(27.4 milliard dollar). Universitet 11 ta bo’lim, 10ta fakultet va Redkliffning ilmiy institutini o’z ichiga oladi. Garvard korpusi maydoni 85 gektarni tashkil qiladi. Biznes maktablar va sport obyektlari, shu jumladan, Garvard stadioni Ollstondagi Charlz daryosi bo’yiga qurilgan. Meditsina va Stomatologiya fakulteti Longvudda joylashgan. [8]. 2010 – yilda universitetda 2100ga yaqin o’qituvchi, 6700ta talaba va 14500 aspirantlar taxsil olayotganligi aniqlangan. AQSHning 8 ta prezidenti Garvardda taxsil olgan. Universitetda taxsil olgan talabalar hamda unda faoliyat ko’rsatgan o’qituvchilarning 75 nafari Nobel mukofoti bilan taqdirlanganlar.

Похожее изображение

Garvard mamlakatda bitiruvchilar orasidagi milliarderlarning soni jihatidan birinchi o’rinda turadi, uning kutubxonasi esa AQSHdagi eng katta kutubxonalardan biridir. “Garvard Krimson” jamoasi Talabalar Sporti Milliy Assotsiatsiyasidagi 41ta turdagi sport musobaqalarida qatnashadi.  Universitet asoschisi Jon Garvard. Mashxur o’qituvchilar: Elays Kori (1959—hozirgacha) — organik kimyogar, Kimyo fani bo’yicha Nobel mukofoti sovrindori. Dadli Xershbax (1963 — hozirgacha) — amerikalik kimyogar, kimyo fani bo’yicha Nobel mukofoti sovrindori. Uilyam Lipskob (1959—1990) — amerikalik kimyogar, Kimyo fani bo’yicha Nobel mukofoti sovrindori. Norman Ramzey (1947—2011) — amerikalik fizik, fizika fani bo’yicha Nobel mukofoti sovrindori. Julian Shvinger (1945—1972) — amerikalik fizik, fizika fani bo’yicha Nobel mukofoti sovrindori. Amartiya Sen (1998—1999, 2004—hozirgacha) — hind iqtisodchisi, iqtisod fani bo’yicha Nobel mukofoti sovrindori. Jeyms Uotson (1956—1976) — Amerikalik biolog, Nobel mukofotining Fizika va tibbiyot fanlari bo’yicha sovrindori. Robert Vudvod (1937—1979) — organic-kimyogar. Kimyo fani bo’yicha Nobel mukofoti sovrindori. Robert Merton (1998—hozirgacha) — amerikalik iqtisodchi, adabiyot fani bo’yicha Nobel mukofoti sovrindori. Genri Luis Geyts (1991—hozirgacha) — adabiyot tanqidchisi, tarixchi va yozuvchi. Samuel Xantington (1927) — amerika sotsiologi.. Stiven Jey Guld (1941—2002) — mashxur amerikalik paleontolog, biolog-evolutsiyachi va fanlar tarixchisi. Garvardni bitirgan AQSHning 8 prezidenti: Jon Adams— AQSHning 2 – prezidenti, Jon Kuinsi Adams — AQSHning 6 – prezidenti, Rezerford Xeyz — AQSHning 19 – prezidenti, Teodor Ruzvelt — AQSHning 26 – prezidenti, Franklin Ruzvelt — AQSHning 32 – prezidenti, Jon Kennedi — AQSHning 35 – prezidenti, Jorj Bush — AQSHning 43 – prezidenti, Barak Obama — AQSHning 44 – prezidenti, Garvardni bitirgan va unda o’qituvchi sifatida faoliyat ko’rsatgan Nobel mukofotining laureatlari: Teodor Richards — amerikalik kimyogar, Nobel mukofotining kimyo fani bo’yicha laureati, Devid Li — amerikalik fizik, Nobel mukofotining fizika fani bo’yicha laureati, Roald Hofman— amerikalik kimyogar, Nobel mukofotining kimyo fani bo’yicha laureati, Albert Gor —Bill Klinton administratsiyasidagi AQSHning 1993-2001-yillardagi vitse-prezidenti.лауреат Нобелевской премии мира, Pol Samuelson — amerikalik iqtisodchi, Nobel mukofotining iqtisodiyot fani bo’yicha laureati Garvardda taxsil olgan mashxurlar: Devid Rokfeller — mashxur amerikalik bankir, globalist va hozirdagi Rokfeller uyi asosi; Bill Geyts —Mashxur Microsoft kompaniyasining Poll Allen bilan birgalikdagi yaratuvchisi va aksioneri; Darren Aronofski — amerikalik kinorejissyor, senarist va prodyuser; Filipp Kaufman — amerikalik kinorejissyor, senarist va aktyor; Mett Deymon — amerikalik aktyor, prodyuser va senarist, “Oskar” va “Oltin Globus” mukofotlari laureati; Konan O’Brayen — amerikalik komik, teleboshlovchi, senarist; Dmitriy Nabokov — amerikalik tarjimon va opera qo’shiqchisi; Mark Tsukerberg — ishlab chiqaruvchi, Facebook ijtimoiy tarmog’ining asoschisi hamda bosh direktori; Stiv Balmer — Microsoft kompaniyasi bosh direktori; Fumixiko Maki — taniqli yapon arxitektori, metabolistlarning futurik harakatlari asoschisi; Garold Brodki — amerikalik yozuvchi; Meson Frensis Van Vik — amerikalik yozuvchi; Charlz Xepgud — amerikalik olim; Natali Portman — amerikalik aktrisa, kinoprodyuser, kinorejissyor va senarist; Tobias Lir — Jorj Vashingtonning shaxsiy kotibi; Qiziqarli Faktlar: Talabalar kim Jon Garvard haykalidagi poyabzalni artsa u imtihonlarni yengil topshirishiga ishonishadi. Shuning uchun ushbu poyabzal har doim yaraqlab turadi. Garvard Universiteti sharafiga 1912 – yilda aniqlangan asteroidga Garvard nomi qo’yilgan.

Вам может понравиться

Добавить комментарий