Futbol futbol bo’lguncha…

Sizning e’tiboringizga futbol tarixiga oid qiziqarli faktlarni havola etmoqchimiz.XIX asrning o‘rtalarigacha futbol to‘plari charmdan ishlangan. 1862 yili Layndon degan kishi dastlabki damlanadigan rezina to‘pni ixtiro qiladi. Charm to‘plar qattiq zarba berilganda yorilib ketavergan. Layndon o‘z ixtirosini tayyorlayotganda ana shu nuqsonni yo‘qotishni maqsad qilib oladi.

Rezina kameralar tufayli to‘plar shaklga ega bo‘ladi va zichlik-tarangligi ortadi. 1872 yili Angliya futbol asotsiatsiyasi futbol to‘plarining “aylana uzunligi 27-28 dyum (68,6-71,1 sm) bo‘lishi zarurligi” haqida qaror qabul qiladi. Bu standant hozirgi kungacha saqlangan, FIFAning amaldagi qoidalari safidan o‘rin olgan.

Futbol to‘pi dastlabki jahon Kubogi bahslarida ham alohida rol o‘ynagan. Argentina va Urugvay jamoalari qayerda ishlab chiqarilgan to‘pda o‘ynash borasida tortishib qoladi. Oxiri, vaziyatdan chiqish yo‘li topiladi: birinchi taymda argentinaliklarning koptogida, ikkinchi taymda esa urugvayliklarning to‘pida o‘yin o‘tkaziladi. Birinchi taymni Argentina jamoasi o‘z to‘pida o‘ynab 2:1 hisobida g‘alaba bilan yakunlaydi. Ikkinchi taymda esa Urugvay termasi mo‘jizaga erishadi – hisobni 4:2 ga yetkazadi. Ularga o‘zlarining koptoklari anchagina “yon bosgan” bo‘lishi hech gap emas.

1951 yilda oq rangli to‘plar o‘rnini keng yo‘l-yo‘l rangli to‘plar egallaydi. Ayni o‘sha 50-yillarda to‘q sariq rangli koptoklar ham paydo bo‘ladi. Ular qorli kunlarda tomoshabinlar to‘pni aniq ajratib olishi uchun o‘ylab topiladi.

Related image
O‘tgan asrning o‘rtalariga qadar to‘plar charmdan tayyorlanib, choklari ip bilan tikilardi. Tabiiyki, ular yomg‘ir yoqqan paytlari shishib ketadi, og‘ir va xavfli bo‘lib qoladi. 60-yillarning boshidan sintetik koptoklar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Sintetik to‘plar pishiqligi va suvni kam shimishi bilan qulay edi.

Image result for фото футбол история

To‘plar dastlab ulama va yamoqlarsiz, yaxlit chok bilan ishlab chiqarilgan. Keyinchalik amerikalik Richard Bakminster to‘pni oltiburchak va beshburchaklardan yasash usulini o‘ylab topgan. Oltiburchak va beshburchaklar bir-biriga chok bilan qadaladi va natijada yumaloq shakl hosil bo‘ladi. Bunday usulda yasalgan zamonaviy to‘plar 20 ta oltiburchak va 12 ta beshburchakdan tashkil topadi.

Dastlabki rasmiy futbol qoidalari 1863 yilning 8 dekabrida Angliyada qabul qilingan. Xuddi shu sanadan jahon futbolining tarixi boshlangan.

Image result for фото футбол история
1863 yilgi qoidalarga muvofiq, boshqa o‘yinchilar qatori darvozabonga ham to‘pni qo‘l bilan o‘ynash mumkin bo‘lmagan. Faqat 1871 yilga kelib darvoza chizig‘i hududida qo‘l bilan o‘ynashga ruxsat berilgan. 1902 yilga kelibgina darvozabonlarga jarima maydoni chegarasida qo‘l bilan o‘ynash huquqi berilgan.

1875 yilgacha darvoza vazifasini xodalarga tortilgan arqon bajargan.

O‘z jarima maydonida bilib turib qo‘pol o‘ynagan yoki koptokka qo‘l tekkizgan futbolchining komandasiga o‘n bir metrlik jarima to‘pi belgilash to‘g‘risidagi qoida 1891 yilda irland eksperti Jon Penalti tomonidan kiritilgan. Keyinchalik o‘n bir metrlik jarima Penaltining nomi bilan atala boshlangan.

1960 yilgacha o‘yinchi almashtirish mumkin emasdi. Mabodo darvozabon jarohat oladigan bo‘lsa, maydondagi o‘yinchilardan biri uning o‘rnini egallagan.

Dastlabki tishli butsilar XIX asrning oxirlarida Angliyada paydo bo‘lgan. Oldinlari tishlar asosan charm va rezinadan tayyorlangan, hozirda alyuminiy va plastmassadan ishlanadi.

Вам может понравиться

Добавить комментарий