Foydali ichimliklar

Soya suti foydasi: yurak qon-tomir kasalliklari paydo bo’lishi xavfini kamaytiradi. Soya suti tarkibidagi ozuqa tolalari va oqsillar organizmdagi «yomon» xolesterin va trigliseridlar darajasini pasaytiradi. Ammo; agar siz sigir sutini soya sutiga to’liq almashtirishni istasangiz, sizga kalsiy hamda A va D vitaminlari yetishmay qolishi mumkin. Bu holda ushbu mikroelementlar bilan boyitilgan soya sutini xarid qilsangiz bo’ladi. Soyada fitoyestrogenlar bor bo’lib, ular ko’krak saratoni paydo bo’lishi xavfi bilan bog’liq bo’lishi mumkin. Agar oilangizda kimdir bu kasallik bilan og’rigan bo’lsa, unda soya sutini iste’mol qilish borasida shifokor bilan maslahatlashgan ma’qul. Kaloriyalar: 250 gr mahsulotda 81 kkal.

Картинки по запросу фото соя

Issiq shokolad yoki kakao foydasi: kayfiyatni yaxshilaydi va yurak qon-tomir kasalliklari paydo bo’lishidan himoya qiladi. Xo’sh, mazkur mahsulotga nimalar foydali xususiyatlarni beradi? Kakaoda hujayralarni erkin radikallarning ta’siridan himoya qiladigan ko’p miqdorda polifenollar mavjud. Issiq shokoladni iste’mol qilish serotonin gormoni ishlab chiqarilishini oshiradi, uning organizmda kam miqdorda bo’lishi esa kayfiyatga yomon ta’sir qiladi. Kaloriyalar: 250 gr tayyor mahsulotda taxminan 195 kkal va kukunli aralashmada 115kkal bor.

Картинки по запросу фото какао

Tuzsiz pomidor sharbati foydasi: saraton kasalligining ko’pgina shakllaridan himoya qiladi. Ma’lumki, yangi uzilgan pomidorni qayta ishlash natijasida hosil bo’lgan mahsulotlarda likopen moddasi pomidorning o’ziga qaraganda ko’p miqdorda bo’ladi. Likopen quyidagi organlar saratoni paydo bo’lishi xavfini kamaytiradi: og’iz bo’shlig’i, o’pka, oshqozon, jigar, ko’krak bezlari, bachadon bo’yinchasi, to’g’ri ichak. Bundan tashqari, likopen yurakni erkin radikallarning ta’siridan himoya qiladi va bu bilan yurak qontomir kasalliklari paydo bo’lishi ehtimolimi kamaytiradi. Kaloriyalar: 250 g mahsulotda 3 kkal mavjud.

Картинки по запросу фото сок без соли помидор

Klyukva sharbati foydasi: milk kasalligining oldini oladi, siydik yo’llari infeksiyalariga qarshi yordam beradi. Ammo sharbatda ko’p hollarda qand moddasi bo’ladi, shu bois qandsiz 100% sharbatni tan-lang yeki uni kuniga faqat bir stakandan iching. Kaloriyalar: 250 gr mahsulotda 140 kkal mavjud.Картинки по запросу фото Klyukva

Apelsin sharbati foydasi: sharbat tarkibidagi S vitamini immunitetni oshiradi, ko’plab kasalliklardan himoya qiladi, shu jumladan katarakta va saraton xastaligidan xam. Apelsin sharbati homila rivojidagi buzilishlarning oldini olishda zarur bo’ladigan foliy kislotasining manbai hisoblanadi.; Kaloriyalar: 250 gr mahsulotda 115kkal mavjud. Ushbu ichimliklar sog’lom hayot tarzi va muvozanatlashtirilgan ovqatlanishning ajralmas qismi hisoblanadi.

Картинки по запросу фото апелсин

manba: Adolatb sari gazetasi, 17-son

Вам может понравиться

Добавить комментарий