Foydalangan tarog’ingizi karomatini bilasizmi??

Qizlar: -Yaltiroq, gulli taroqni ishlatishni yoqtirsa, u sal yengil tabiatli, kayfiyati tez-tez o`zgarib turadi, xursandchilikka o`ch. – Tutqichsiz taroqni odob-axloqqa qat`iy rioya etuvchi, har turli hazil-huzulni yomon ko`radigan shaxslar ishlatadi. – Cho`tkaga o`xshash taroqda o`ziga ishongan, kuchli, fe`l- atvorli, ishchan, erkakshoda ayollar ko`proq foydalanadi. – Tishi o`tkir, cho`tkaga o`xshash taroqlarni o`zini ko`rsatishni yoqtiradigan, artistona hatti-harakat sohibalari ishlatadi. Undaylar ba`zan yoshi katta erkaklarni sevib qoladi. – Tarog`ini hadeb o`zgartiraverish odati faromushxotir, kamsuqum, o`ziga ishonchi yo`q xonimlarga rostdir.

Yigitlar: – Kichkina, toza taroqni mas`uliyatni his etuvchi, yaxshi ijrochi odamlardir ishlatadi. Ular pokizalikni yoqtiradi. Ammo ba`zan mayda-chuydalarga o`ralashib qoladi. – Tishlari siyrak, yirik taroqlarni har narsani ko`ngliga oluvchi, mansabparast, jahldor, tezda o`zidan ketuvchi odamlar ishlatadi. – Chetlari o`tkir taroqlardan sirkasi suv ko`tarmaydigan, fe`li o`ziga yetguncha og`ir shaxslar foydalanadi. – Tishlari to`kilgan taroqlarni saranjom- sarishta erkaklar olib yuradi. – Taroq olib yurmaydiganlar- mantiqiy fikr yuritadigan, texnikaviy fanlarga qiziquvchi kishilar sirasiga kiradi

Вам может понравиться

Добавить комментарий