Fiziklar yangi yorug‘lik turini kashf etdi

Massachusets texnologiya instituti olimlari fotonlarni bir-biri bilan o‘zaro birlashtirishga erishdilar.

Bunga ko‘ra tadqiqotchilar yorug‘lik zarralarini birgalikda harakatlanishga majbur qildilar. Bu esa elementar zarralar hisobi yo‘nalishini yangi bosqichga olib chiqadi.

Agar qorong‘ulikda ikkita fonarni yoqib, bir-biriga qarshi qaratsa, to‘qnashayotgan yorug‘lik oqimlari o‘zaro birgalikda harakat qilmaydi. Fotonlar bir-baridan sizib o‘tadi. Mutaxassislarning fikricha fotonlarni o‘zaro birgalikda harakatlanishiga “majburlansa” amaliy jihatdan katta yutuqlarga erishish mumkin. Xususan, ishlash tezligi jihatidan “an’anaviy” kompterdan juda ham farq qiladigan kvant kompyuteri yaratishda qo‘l keladi.

Mutaxassislar tajribada juda past haroratgacha sovutilgan zich rubidiy atomlari orasidan kuchsiz lazer nurlarini o‘tkazish orqali yorug‘lik zarralarini o‘zaro birgalikda harakat qilishga majbur qilgan. Natijada fotonlar ikkita, uchta bo‘lib birlashdi. Shundan so‘ng ularning o‘rin almashish tezligi yorug‘lik tezligidan past bo‘ldi. Katta ehtimol bilan aytishi mumkinki, fotonlarning o‘zaro birgalikdagi harakati – o‘zaro tortishishini bildiradi.

Вам может понравиться

Добавить комментарий