Fayzobod xonaqohi

Buxorodagi me’moriy yodgorlik (1598—99). Abdullaxon II davrida Do’stum Devonbegi tomonidan qurdirilgan. Fayzobod xonaqohi ko’p xonali, peshtoqgumbazli, tarhi 35×28,8 m. Markazida gumbazli katta xonaqoh (12,7×12,7 m), 3 tomondan ravoqli bostirma (galereya) o’rab turadi.

Old tomonida ulkan peshtoq, 2 yon tomonida 2 qavatli hujralar xamda ravokli yo’lak joylashgan.

Peshtoq va hujrapar tobadoniga ganchkori panjaralar ishlangan, xonaqoh gumbazi 8 qirrali poygumbazga o’rnatilgan. Xonaga yorug’lik poygumbazdagi darchalardan tushadi. Xonaqoh ichi, gumbaz osti qirma pardozi naqsh bilan nafis bezatilgan. Kulrang va sariq ganchdan o’yib islimiy naqsh ishlangan.

Картинки по запросу фото Fayzobod xonaqohi

Bag’allari muqarnas bilan, hoshiyasi sodda naqshlar bilan ziynataangan. Fayzobod xonaqohi ochiqravokli galereya shaklida qurilganligi bilan ajralib turadi. Vayronaga aylangan Fayzobod xonaqohi . 20-asrning 70—80 yillarida Buxoro maxsus ilmiy ta’mirlash ishlab chiqarish ustaxonasi (ustalar A. Haitov, R. Qurbonov va boshqalar) tomonidan qayta tiklangan.

Вам может понравиться

Добавить комментарий