Eng xafli jonivorlar

10-o’rin. Markaziy va Janubiy Amerika, Madagaskarda uchraydigan zaharli baqalar. Birgina tillarang baqaning zahari o’n kishini yiqtishi mumkin.

Картинки по запросу Amerika, Madagaskar ядовая лягушки

9-o’rin. Yovvoyi Afrika yoki hind buyvoli. Bu juda xavfli hayvon bo’lib, na odamdan, na boshqa hayvonlardan qo’rqadi. Voyaga yetgan yovvoyi buyvolning bo’yi 2 metrgacha, vazni 900 kilogacha bo’ladi. Shoxi juda yirik. 2 metrgacha boradi. Sezgilardan ayniqsa hid bilish qobiliyati juda yaxshi rivojlangan, shuningdek, eshitish qobiliyati ham havas qilgulik. Afrikaga sayohatga jo’nagan sayyohlar arslondan emas, aynan buyvoldan hushyor bo’lishlari lozim. U begonalarni darhol hididan sezadi va birinchi bo’lib hujum qiladi.

Похожее изображение

8-o’rin. Oq ayiq. Ushbu hayvon bir qarashda yoqimtoy ko’rinsa-da, zamonasiga qarab o’zgargan: uni qo’rquv hissi butunlay tark etgan. Insonlar istiqomat qiladigan punktlarga tez-tez «tashrif» buyuradi. Uncha-munchaga o’lib beradigan hayvon emas. O’nta o’g’larni ko’rdim demaydi.

Картинки по запросу билая медвед

7-o’rin. Fil. Bu hayvon juda aqlli, shuning uchun uni tushunish mushkul. Afrika, hind fillari yiliga 500 dan ziyod insonning hayotiga zomin bo’lishadi.

Картинки по запросу африканский слон

6-o’rin. Timsoh. Avstraliya va Afrika qit’asining ko’plab davlatlarida u eng xavfli hayvon sanaladi. U qurbonini kutib, suvda soatlab beharakat turishi mumkin. Qurbon yaqinlashishi bilan u oniy lahzada pistirmadan sakrab hujum qilib, suvga cho’ktiradi va burda-burda qilib tashlaydi.

Похожее изображение

5-o’rin. Katta oq akulaga berilgan. Suvdagi qon akulalarda mislsiz ochqash hissini paydo qiladi. Shunda u harakatlanayotgan jamiki narsani burdalash uchun 3 mingdan ortiq tishini ishga soladi. Oq akula issiq suvlarda, barcha okeanlarda, jumladan, O’rta Yer, Yapon dengizlarida suzishadi. Uzunligi 7-8 metrgacha yetadi. 12 metrli oq akulalar ham uchragan.

Картинки по запросу белая акула

4-o’rin. Kutilmaganda maymunga bo’shatib berilgan. Ko’plab tropik mamlakatlarda ular o’rmondan yegulik ilinjida shahar axlatgohlariga ko’chib o’tishgan. Maymunlar to’dasi ko’pincha bolalarga, hatto kattalarga hujum qilishadi, insonlarning oziq-ovqat zahiralarini o’marishadi. Bu yo’lda ular odamlarga xos odatlar va ayyorlikni ham o’zlashtirib olishgan. Birgina eshikni taqillatishi qanday oqibatlarga olib kelishini tasavvur qiling-a?!

Похожее изображение

3-o’rin. Zaharli meduzalar borishmoqda. Dengiz arisi nomi bilan tanilgan Avstraliya meduzasi ayniqsa xavfli. Ushbu meduzada har biri 4 metrgacha boradigan 60 tacha paypaslagich bo’ladi. Har bir paypaslagichda 5000 ga yaqin zaharli chuqurchalar bo’lib, unda to’plangan zahar 60 kishini o’ldirishga yetadi.

Картинки по запросу ядовитая медуза

2-o’rin. Kutayotganingiz — zaharli ilonlarga berildi. Bir yilda dunyoda 50 ming kishi ilon chaqishidan vafot etadi. Qurbonlarning aksariyati Osiyo kobralari hujumidan o’lim topishadi.

Картинки по запросу азиатский кобра

1-o’rin. Bir qaraganda beozor ko’ringan moskit chivini egallagan. Chivin chaqishidan ko’pincha qashlanish bilan qutilib qo’ya qolamiz. Biroq, tropik o’lkalarda chivinlar bezgak, vabo kabi o’latlarni insondan-insonga yuqtirishadi, qonni turli parazitlar bilan zaharlashadi. Ushbu hasharotlar yiliga 3 million kishining yostiQini quritishga sababchidirlar.

Картинки по запросу moskit

Вам может понравиться

Добавить комментарий