Eng uzun 5 ta serial

  1. «Yo’lboshlovchi yorug’lik»

    Ushbu serial 15762 seriyadan iborat. Serial Amerikada 62 yildan beri namoyish etilmoqda. «Yo’lboshlovchi yorug’lik» dastavval radioda 1937-1962 yillarda berilgan. 1952-yildan buyon esa televideniyeda namoyish etib kelinmoqda . Eng qizig’i serial ham tugamadi.

    2. «Yer aylanishdan to’xtamasa»

    Ushbu film ham Amerikada suratga olingan. Serial 13400 ta seriyadan iborat. U 1956-2010 yillar davomida namoyish etilgan. Serial dastlab 15, keyinchalik 30 daqiqadan efirga berib borilgan. 1978-yildan boshlab esa 1 soatlik vaqtga o’tgan. «Yer aylanishdan to’xtamasin» seriali 1967-yildan boshlab rangli tarzda suratga olina boshlagan.

    3. «Yashash uchun yagona hayot»

    AQShda ishlangan film 1968-yildan buyon namoyish etib kelinmoqda. Serial 11000 seriyadan ortiq. Film 2002-yilda «Eng dramatik serial» sifatida «Emmi» mukofotini olgan. Bosh rolni ijro etgan Erika Slezak esa bu mukofotni 6 marta qo’lga kiritgan.

    4. «Hammasi mening bolalarim»

    Rejissyor Agnes Nikson tomonidan suratga olingan ushbu serial 1970 yildan beri namoyish etib kelinmoqda. AQShning ABC telekanalida 10712 qismi namoyish etilgan. Eng qizig’i filmni tomosha qiluvchilarning 30 % ini erkaklar tashkil qiladi. Serial «Emmi» mukofotini olgan. 1996-yilda esa «Eng yomon teleserial» degan nomni olgan.

    5. «Yoshlar va qo’pollar»

    AQSh maxsuloti bo’lgan ushbu serial 1973 yildan buyon davom etmoqda. U 9000 qismdan ortiq. Serial «Emmi» mukofotiga olti marta sazovor bo’lgan. «Yoshlar va qo’pollar»da qora tanli insonlar ko’proqdir.

Вам может понравиться

Добавить комментарий