Eng qiziqarli faktlar to`plami

Kichik chayonlarning zahari kattalarinikiga nisbatan kuchliroq bo‘ladi.Haydovchilar bug‘ularning hayotiga ovchilarga nisbatan ko‘proq zomin bo‘ladilar.

Ko‘pchilik o‘ylaganidek, Shimoliy qutbda pingvinlar uchramaydi.

Afrika fili qo‘lga o‘rganmaydi, sirkda tomosha ko‘ratayotgan fillarning barchasi hind fillaridir.

Kalamush besh qavatli binodan tushib ketsa ham jarohatlanmaydi.

Isaak Nyuton bir sinfdoshi uni urib kamsitganiga qadar maktabda qoniqarsiz o‘qigan. Bu hol uning fanlarni juda yaxshi o‘zlashtirishiga turtki bo‘lgan.

Avtomobillarning xavfsizlik yostiqchalari 25-50 millisekundda to‘la shishadi. Qiyoslash uchun: kiprik qoqishga 100 millisekund vaqt kerak.

16 asrda Xitoyda o‘z joniga qasd qilishning eng ko‘p tarqalgan usuli ko‘p miqdorda tuz yeyish bo‘lgan.

Tokio hayvonot bog‘i hayvonlar tomoshabinlar oqimidan dam olishi uchun yiliga 2 oy berkitib qo‘yiladi.

Odamning barmoq izlari singari har bir kishi tilining izi ham mutlaq o‘ziga xosdir va boshqa hech kimnikiga o‘xshamaydi.

Oxirgi 4 ming yil ichida birorta ham yovvoyi hayvon xonakilashtirilmagan.

Bolalar ayniqsa bahor faslida tezroq o‘sadilar.

Xitoylik sudyalar 15 asrda hatto nigohlari bilan ham sir boy bermaslik uchun qora ko‘zoynak taqib yurganlar.

Oq ayiqlarning terisi va junlari issiqlikni yutib qayta chiqarmasliklari uchun infraqizil nurlarda (tunda ko‘rish kameralarida ham) deyarli ko‘rinmaydilar.

Burjlardagi tirik jonzotni aks ettirmaydigan yagona belgi tarozidir.

Kanadadagi ko‘llar soni dunyoning boshqa barcha davlatlaridagilar qo‘shib hisoblanganiga qaraganda ham ko‘proqdir.

1984 yilda Shotlandiyada topilgan izlar hajmiga ko‘ra eng kichik dinozavr chumchuqdek kattalikda bo‘lgan.

1557 yilga qadar tabiblar og‘izdagi noxush hiddan forig‘ bo‘lish uchun tamaki chekishni tavsiya qilganlar.

Ingliz tadqiqotchilarining hisob-kitoblariga ko‘ra, odam umri davomida o‘rtacha 100 000 km masofani yayov bosib o‘tadi.

– 1998 yili Kongoda bo‘lib o‘tayotgan futbol o‘yini paytida maydonni yashin uradi. Natijada mezbon jamoaning bari o‘yinchilari halok bo‘lgan, 30 tomoshabin kuygan. Mehmon futbolchilarga esa zarar yetmagan.

– Laylaklar 10 daqiqagacha uxlagan holda parvoz qilishi mumkin.

– Ispaniyaning Lansarote orolidagi El Diablo ( iblis) restoranida harakatdagi vulqonning 400 daraja issiqligida ovqat pishiriladi.

– Albaniyada 1967 yilda boshlangan «bunkerlashtirish» natijasida 700 mingta beton bunkerlar barpo etilgan.

– Ikkinchi jahon urushi paytida Irlandiya betaraf davlat hisoblangan, lekin Gitler o‘lganida mamlakat rahbarlari Germaniya elchixonasiga borib, ta’ziya izhor qilishgan.

– Tayland qiroli Ram V Sunandx Kumariratanning xotinlaridan biri 19 yoshida qayiq ag‘darilib ketishi oqibatida cho‘kib o‘lgan. Atrofda odam ko‘p bo‘lsa-da, unga hech kim yordam bermagan: qirolning xotiniga qo‘l tegizish mumkin bo‘lmagan.

– «Sariq matbuot» atamasi 19-asrning oxirida AQSHda paydo bo‘lgan.

– 2006 yilda Yaponiya hukumati quloq tozalash uchun tibbiyot litsenziyasi olish zarurligi haqidagi qoidani bekor qildi.

– Adriatika dengizining nomi Italiyadagi Adriya shahrining nomidan olingan. Qizig‘i, Adriya dengiz sohilidan 22 km uzoqlikda joylashgan.

– Apple asoschisi Stiv Jobs faqatgina Mercedes-Benz SL 55 AMG markasidagi avtomobildan foydalangan.

– Perudagi ko‘pgina kafelarda baqa qo‘shib tayyorlangan ichimlik sotiladi.

– Elizabet Teylor har doim kechikib yurgan. Hatto uning dafn marosimi ham 15 daqiqa kech boshlangan.

– Amazonkada o‘zadigan viktoriya o‘simligining suv yuzasidagi barginig diametri 3 metrga yetadi. U 30 kiloni bemalol ko‘tara oladi.

– Sakkizoyoqlar umurtqasiz jonivorlar ichida eng aqllisi hisoblanadi.

– Perudagi La Rinkonada dengiz sathidan eng balandlikda joylashgan (5 099 metr) shahar hisoblanadi.

– Dunyodagi eng katta cherkov – Notr-Dam-de-la-Pe naxoditsya Kot-d’Ivuarning Yamusukro shahrida joylashgan. Qizig‘i, ushbu mamlakatda musulmonlar nasroniylardan ko‘proq.

– Pringles chipsining atigi 42 foizi kartoshkadan iborat, qolgani: oziq-ovqat kraxmali, guruch uni va o‘simlik yog‘i.

– AQSHning Vermont shtatida muzqaymoq qabristoni bor. U yerga iste’moldan chiqqan muzqaymoq brendlari uchun qabr toshlari o‘rnatilgan.

– 1898 godu Germaniyaning Bayer AG kompaniyasi geroinni bolalar uchun yo‘talga qarshi dori sifatida sotuvga chiqargan.

– Kamalakni faqat kunduzi ko‘rish mumkin.

– Afrikada uchraydigan tuxumxo‘r ilon faqatigan qushlarning tuxum bilan oziqlanadi.

– Mayya hindulari g‘ilaylikni go‘zallik belgilaridan biri deb hisoblashgan.

– Galapagos orollarida ham pingvinglar yashaydi. Vaholanki, bu yerda havo harorati yil bo‘yi +18 dan +28 gacha bo‘ladi.

– Leonardo da Vinchining ko‘plab ixtirolari orasida parashyutning ham chizmasi bo‘lgan.

– Kinonda eng ko‘p ko‘rsatiladigan sport turi – boks.

– Dunyoda eng ko‘p aytiladigan qo‘shiq – Happy birthday to you! (Tug‘ilgan kuning bilan!)

Вам может понравиться

Добавить комментарий