Eng g’alati 5 ta vasiyatnoma

  1. Kaliforniyslik beva Meri Merfining vasiyatnomasi xudbinligi bilan tilga olinadi. U o’zini shu qadar yaxshi ko’rganki, vafotidan keyin itini ham o’ldirishlarini vasiyat qilgan. U bunga sabab qilib, itini ruhiy iztirobga tushishini keltirib o’tgan. Biroq hayvonlarni himoya qilish jamiyati a’zolari sog’lom itni o’ldirish shtat qonunlariga hilof ekanini isbotlab, itni qutqarib qolishgan

    2. Alfred Nobel vafot etganidan so’ng vasiyatnomasida yaqin qarindoshlariga atigi yarim million krona qoldirgan. U qolgan mol-mulkini Nobel mukofoti hamda jamg’armasini tashkil qilish uchun sarflagan.

    3. Sanoatchi Genre Ford vasiyatnomasida 500 million dollarini 4157 o’quv hamda xayriya tashkilotlaari o’rtasida taqsimlashni buyurgan.

    4. Mishel Rotshild eng mahfiy vasiyatnoma muallifi hisoblanadi. Milliarder shunday yozgan edi: “…merosimning har qanday ro’yhatini tuzishlarini, sud aralashuvi hamda boyligimni oshkor etishlarini qat’iyan man qilaman…” Oqibatda moliyachining boyligining asl ko’lamini hyech kim bilolmadi.

    5. Mashhur komik aktyor Charli Chaplin qoldirgan vasiyatnoma o’ta kulguli. Aktyor mol-mulkini bir million dollar mablag’ni sigaret tutunidan beshta doira chiqarib, ular orasidan oltinchi doirani o’tkazgan kishiga vasiyat qilgan. Vazifa shu qadar murakkab bo’lib chiqdiki, hanuzgacha hyech kim buni udallay olmadi.

manba: Jorge Andreas Leo blogi

Вам может понравиться

Добавить комментарий