Eng uzoq umr ko’radigan mashxur hayvonlar

Spread the love

1. Guidak nomli hayvon.

Картинки по запросу Guidak

Birinchi bo’lib bu ro’yxatda Tinch okeanining Pyudjet-Saund ko’rfazida chamasi 160 yil yashovchi yirik suv mollyuskalari o’rin olgan. Ular o’zlarining uzun bo’ynilari bilan ajralib turadilar yoki ularni bo’yinlari sifona deb ataladi. Ularning bo’yinlari bir metrgacham o’sishi mumkin.

2. Tuatara

Картинки по запросу Tuatara

“Dinozavr” so’zini odatda insonni qay darajada qari mavjudot ekanligini bildirish uchun ishlatiladi, ammo agarda biz tuatara haqida gapirsak, u holda bu terin metafora kabi so’zma so’z bo’lib ko’rinadi. Xozirgi kunda tuatarani ikki turkumi mavjud, ular 200 million yil oldin yashab o’tgan boshqa tuataralarning nasllaridir va ular haqiqatdan ham tirik dinozavrlardan hisoblanadilar. Tuataralar Yer yuzidagi umurtqasimonlarning eng uzoq yashovchilari hisoblanadilar va ularning ayrim vakillari 100 dan 200 gacha umr kechirishadi.

3. Trubkasimon Lamellibrachia dengiz qurtlari.

Картинки по запросу Lamellibrachia

Ushbu suvning qa’rida yashovchi rang barang bo’lgan mavjudotlar (L. Luymesi) trubkasimon dengiz qurtlari hisoblanadilar, ular okean tubidagi uglevodorodli teshikchalarni orasida yashaydilar. Ma’lumki ular 170 yilga yaqin umr ko’radilar, ammo ba’zi bir olimlarning fikriga qaraganda ularning ayrim vakillari 250 yildan oshiq umr kechirishgan ekan.

4. Qizil dengiz tipratikonlari.

Картинки по запросу Strongylocentrotus

Qizil dengiz tipratikonlari yoki Strongylocentrotus franciscanus faqatgina Tinch okeanida va asosan Shimoliy Amerikaning g’arbiy qirg’oqlarida topilgan. Ular okeanning qaytuvchi mayda suv yo’llarida 90 metr chuqurlikda yashaydilar va kuchli tolqinli joylardan uzoqda bo’ladilar. Ular okean tubida qisqichlari orqali o’rmalab harakatlanadilar. Agarda ularning biron bir vakilini uchratsangiz kattalarni xurmat qilish kerakligini unutmang, chunki ularning ayrim vakillari 200 yildan ortiq yoshdalar.

5. Grenland kitlari

Картинки по запросу grenlandski kit

Polyar kitlari nomi bilan ham taniqli ushbu dengiz vakillari Yer yuzida eng ko’p yashovchi sutemizuvchilar turkumiga kiradilar. Shunday grenland kitlari topilganki, ularning ayrimlarini tanalarida baroridan kelmagan kit ovi natijasida 200 yil avval ishlatilgan fil suyaklarining uchlik qinlari topilgan. Hozirgi kunda grenland kitlari vakillarining eng qarisi tahminan 211 yoshda.

6. Koi karplari

Похожее изображение

Koi karplari oddiy karplarning xonakilashtirilgan dekorativ turlariga mansubdir. Ular asosan dekorativ xovuz va toshli suv havzalarida uchraydilar. Hayratomuzlisi shuki, ularning ayrim vakillari 200 yilga yaqin umr ko’ra oladilar. Koi karpining eng qarisi 7 iyul 1977 yil 226 yoshda vafot etgan Xanako (Hanako) balig’i hisoblanadi.

7. Toshbaqalar

Похожее изображение

Toshbaqalar Yer yuzidagi eng uzoq yashovchi umurtqali hayvonlar turkumiga mansubdirlar. Bu toshbakalar vakilining eng qarisi galapagoss Gariyetta toshbaqasi hisoblanadi, u 2006 yil iyun oyida 175 yoshida zooparkda yurak hastaligidan o’lgan. Gariyetta Charlz Darvinning mashxur HMS Beagle nomli enspedisiyasidagi eng oxirgi vakili hisoblanardi. Yana eng qari toshbalardardan biri hisoblangan Aydvata nomli aldabra toshbaqasi esa 2006 yil mart oyida 250 yoshda o’lgan.

8. Okean venusi

Картинки по запросу Arctica islandica

Okean venusi (Arctica islandica) mollyuskalarning bir turkumi hisoblanib, ular asosan savdo uchun ishlatilinadi. Tadqiqotchilarning fikriga qaraganda mollyuskalardagi to’q konsentrik shaklidagi dumaloq chiziqlar kesilgan daraxtlarning chiziqlari kabi ularning yoshlarini belgilar ekan. Chiziqlarni sanab chiqish natijasida ayrim mollyuska vakillariga 400 yil bo’libdi.

9. Antarktik gubka (suv jonivori)

Картинки по запросу Antarktik gubka

Bu harakatlanmaydigan mavjudot juda sekin o’sish xususiyatiga egadirlar va bu Antarktika okeanining o’ta sovuq harorati sababidan bo’lsa kerak. Ayrim tadqiqotchilarni fikricha ularning eng qari vakiliga 1550 yil bo’lgan.

10. Turritopsis nutricula Meduzasi

Картинки по запросу Turritopsis nutricula Meduza

Meduzalarning bu turkumi dunyoda abadiy yosh qolish chashmasini ochgan yagona jonivor bo’lsa ajab emas. Chunki u qarilik pallasidan to polipday yosharish pallasiga o’tish xususiyatiga egadir, ayrim hollarda ularda umrning tabiiy chegarasi kuzatilmaydi ham. O’limni chetlab o’ta olish qobiliyatlari natijasida ularning soni tez suratda o’sib bormoqda. Hozirgi kunda mataxassislar ushbu meduzalarni qanday qilib qarish jarayonini orqaga qaytara olish xususiyatlari ustida ish olib bormoqdalar.

Вам может понравиться

Добавить комментарий