loading...

Eng qiyin til qaysi?

  • Ma’lumotlarga ko’ra, yer yuzida 6809 ta til bor. Bu tillarga egalik qiluvchilarning aksariyati Afrika va Osiyoda.

    •Tillarning ayrimlari rivojlanib, so’zlashuvchilari soni ko’payib boryapti. Ayrimlari esa yo’qolib ketish xavfi ostida.

    •Til yashab qolishi uchun unda so’zlashuvchilar soni kamida 100 ming kishi bo’lishi kerak. Hozir 400 ga yaqin til yo’qolib borayotgan tillar safiga kiritilgan.

    •Tillar o’lishining asosiy sabablaridan biri unda so’zlashuvchilarning notekis taqsimlanganidir. Yer yuzi aholisining 80 foizi 80 ta tilda so’zlashadi. 3500 ta tildan esa sayyora aholisining 0,2 foizigina foydalanadi, xolos.

    •Hozir 46 ta tilda faqat bir kishigina so’zlashadi. Agar bu tillar boshqalarga o’rgatilmasa, ular o’tmish bo’lib qolishi turgan gap. Shuningdek, uch-to’rt kishigina biladigan tillar ham talaygina. 200 ga yaqin tilning esa 10 nafardan so’zlashuvchisi bor.

    •Afrika qit’asida jami 1000 dan ortiq tilda so’zlashiladi.

    •Papua-Gvineyada 700 dan ko’proq til amal qiladi. Ularning qay birini davlat tili sifatida belgilash ancha vaqt bahs-munozaralarga sabab bo’lgan. Shu sababli konstitusiyada davlat tili yo’qligi belgilangan. Ish yuritishda ingliz tili va uning mahalliy lahjasi – pijin-inglishdan foydalaniladi.

    •Xitoy tilining mandarin lahjasi eng ko’p so’zlashuvchiga ega – unda 885 milliondan ortiq kishi gaplashadi. Bu borada ikkinchi o’rinni ispan (332 million), uchinchi o’rinni ingliz (322 million), to’rtinchi o’rinni bengal tili (189 million) egallaydi.

    •Xalqaro sun’iy til – esperantoni 1887 yilda varshavalik vrach Lyudvik Zamengof tuzgan.

    •Afrika xalqlari gaplashadigan suaxili tili mahalliy qabilalar, arab va portugal tillari chatishmasidan hosil bo’lgan.

    •Birlashgan Millatlar Tashkilotida oltita rasmiy til amalda – ingliz, fransuz, arab, xitoy, rus va ispan tillari.

    •Eng qiyin tillardan biri bask tilidir. Hatto uni Ikkinchi jahon urushi yillarida maxfiy axborotlarni almashish uchun ishlatishgan. Qiyinlik bobida tabasaran tili ham o’ziga xos. U Dog’istonda davlat tillari qatoriga kiritilgan. Bu tilda 48 ta kelishik bor! Eskimoslar tilida esa hozirgi zamon fe’lining 63 ta shakli, otlarga qo’shiladigan 252 ta qo’shimcha bor!

    •Sanskrit tilidagi matnlarni malakali tarjima qilish yoki shu tilda yozish uchun bu tilni kamida 12 yil o’rganish kerak bo’ladi.

    •Eskimos tilida “qor” so’zining yigirmadan ortiq ma’nodoshlari bor.

    •Eng qadimgi alifbolardan hozirgacha saqlanib kelgan harf – O. Fanga ma’lum bo’lishicha, u miloddan oldingi 1300 yillar atrofida finikiya alifbosida qo’llanilgan va hozirga qadar o’zgarishlarga uchramagan. Bugun bu harf dunyo xalqlari alifbolarining 65 tasidan o’rin olgan.

    •Xitoy tilida 50 mingdan ortiq iyeroglif bor. Biroq gazeta o’qish uchun ularning 2 mingtasini bilish kifoya qiladi.

    •Papua-Yangi Gvineyadagi rotakas tili alifbosida bor-yo’g’i 12 ta harf bor.

    •Botsvana va Namibiyada gaplashiladigan kxong tilida 112 ta tovush bor.

    •Kambojada davlat tillaridan biri sifatida e’tirof etilgan kxmer tili alifbosida 74 ta harf bor. Bu dunyodagi eng katta alifbodir. Bu tilda mamlakat aholisining 12 millioni gaplashadi.

    •Sedang tilida (Vyetnam) 50 ta unli tovush bor.

    •Hindistonda 17 ta rasmiy til bor. Ikkinchi o’rinda Janubiy Afrika Respublikasi turadi – u yerda 11 ta rasmiy til amal qiladi.

    •Kavkaz mintaqasida 40 ta tilda so’zlashiladi. Ulardan biri – abxaz tilida 2 ta unli va 60 ta undosh tovush bor.

Manba: uzbegim.info

Вам может понравиться

Добавить комментарий