Eng, eng, eng…

Spread the love

Eng qimmat film “Titanik”200 million dollar sarflangan.

“Avatar”230 million dollar sarflangan. Shunday bo’lishiga qaramasdan bu filmlar allaqachon o’zining sarflangan xarajatlarini bir necha barobar oqlagan.
***
Dunyodagi eng qimmat kitob Leonardo da Vinchining kitobi hisoblanadi. Bu oynali harflar yordamida qimmatbaho qog’ozga bitilgan “Lester kodeksi” va “Yerdagi suv va osmon ishlari” deb nomlangan asarlar bo’lib, uni Bill Geyts 24 million dollarga sotib olgan.

Eng qimmat reklama “Pepsi” kompaniyasiga tegishli, ushbu kompaniya mahsulotini reklama qilgan pop yul[Reklama qildingiz]i Britni Spirsga 7,53 million dollar to’lagan.
***
Dunyodagi eng qimmat stadion Parij shahri yaqinida joylashgan “Stade de France” o’yingohi hisoblanadi. Ushbu o’yingohning qurilishiga 460 million yevro sarflangan.
***
Jahondagi eng qimmat savdo markasi “Koka-kola” hisoblanadi. Uning bahosi 68,9 milliard dollarga teng.
***
Dubaydagi “Burj Al Arab” mehmonxonasining eng arzon xonasida mehmon bo’lmoqchi bo’lsangiz, 770 yevro to’lashingizga to’g’ri keladi. Agar cho’ntagingiz baquvvatroq bo’lsa, bemalol barcha qulayliklarga ega bo’lgan xonani ijaraga olishingiz mumkin. Bunday xonalarning bir kunlik narxi 7700 yevro turadi.

Вам может понравиться

Добавить комментарий