Eng birinchi styuardessa

Samolyot bortlarida ilk styuardessalar qachondan boshlab faoliyat yuritganlarini bilasizmi? 1930 yildan. Bu amerikalik Ellen Cherch edi. U San-Fransiskoda hamshira bo’lib ishlar va uchuvchilikka o’qirdi. Samolyot boshqarish uchun sertifikat olgach, u «Boeing Air Transit» kompaniyasiga murojaat qiladi.

5163

O’sha vaqtlarda nemis havo yo’llarida styuardlar ishlardilar. Amerikaliklar ham ushbu faoliyatni yo’lga qo’ymoqchi edilar. Ellen Cherchning murojaati ayni vaqtida bo’lgandi. Menejerlar samolyotda ayol kishining ishlashi zo’r reklama bo’lishi va buning ustiga uning hamshira ekanligi yo’lovchilar uchun ham foydaliligini angladilar. O’sha vaqtlarda styuardessalar uchuvchi kabinasidagi soatni yurgizishi, pashshalarni o’ldirishi, yuklarni tashishi, samolyotga yoqilg’i quyishi hamda yana boshqa yumushlarni bajarishi lozim edi.

manba: uzbegim.info

Вам может понравиться

Добавить комментарий